Ilmiy ishning uslubiy asoslari - ishda tizimiy va qiyosiy tahlillar, induksiya
va deduksiya hamda iqtisodiy statistika uslublaridan keng foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Ishda Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yozilgan, xususan, Xitoy iqtisodiy o‘sish
sur‘atlariga bag‘ishlangan turli monografiya, risolalar, ilmiy maqolalar chuqur
o‘rganilib chiqildi;
- Xitoy iqtisodiy o‘sish omillari davrlar bo‘yicha tahlil qilib chiqildi;
- jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida Xitoy iqtisodiy o‘sish
omillarining yo‘nalashlar vektori tahlil qilib chiqildi;
- Xitoyni hozirgi davrdagi iqtisodiy o‘sish omillarining yo‘nalishlari va
kelajak istiqbollari tahlillar yordamida aniqlandi;
- Xitoy tajribasidan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |