3.2. So`roq gaplar va kommunikativ intensiya
Nutqiy muloqotda so`roq gaplarning miqdoran ko`p qo`llanilishiga va
mazmunan
o`zgarishiga
nafaqat
pragmatik
vaziyat,
balki
muloqot
ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi (maqsadi) ham o`z ta‟sirini o`tkazadi.
Takror keltirilgan bo`lsa ham, quyidagi muloqot kommunikativ intensiyaning
so`roq gaplarga ta‟sirini tahlil qilishga yordam beradi:
“ − Siz nega o`ynamaysiz, Tilov? Xudo ursin, cholga o`xshaysiz.
− Bo`lmasam kampirga uylanasiz.
− Bu mening ishim.
− Bo`ldi endi. Buncha kekkaymang. − Umida sirpanib kelib, Tilovning
tirsagidan ushladi. − Yuring. Mendan xafasiz-a?
− Nega?
− Xafa bo`lmang, Tixon, -dedi Umida iyagini oldinga chiqarib.
Yo`lda Tilov Jamshiddan so`radi:
− Tixon nima degani?
− Tixon? Tixon− Ostrovskiy pyesasidagi qahramon. Katerinaning eri.
Do'stlaringiz bilan baham: |