Suhbatdosh nigohdagi belgilar mazmuni.
Reja.
1.
Nigoh turlari va uning yordamida suxbatni o’zgartirish.
2.Ko’z gavharining kengayishi va torayishi.
3.Nigohning yo’nalishi.
Tanyanch so’z va iboralar:
Ko’zlarning odatdagi ifodasida yuz beradigan o’zgarishlar, ko’zlarning
beixtiyor harakatlari (sezilarli «yugurik ko’zlar»), xavotir, uyalish, aldash,
qo’rquv, yaltirovchi nigoh , qotib qolgan nigoh, qorachiqlarning kengayishi,
qorachiqlarning torayishi, qorachiqlarning tartibsiz harakati, ko’zning kuchli
pirpirashi, ko’zlar kontaktlarining modifikatsiyalari, nigohlar yordamida
bog’lanish, ishchan nigoh, ijtimoiy nigoh, yashirin (sirli) nigoh, ko’z qiri bilan
qarash, qorachiq atrofidagi oq qismining farqlari, qoshlarni ko’tarish, pastdan
yo’nalgan nigoh, suhbat davomida nigohning ahamiyati, nigohning turli tomonga
yo’nalganligi, yuz geografiyasi.
Insonning ko’zlari uning ichki kechinmalaridan aniq dalolat beradi, tajribali
«o’yinchilar» bejizga ko’zlarini to’q rangli ko’zoynak ortida yashirmaydilar.
Odamlarni odatda quyidagilar fosh etadi:
– ko’zlarning odatdagi ifodasida yuz bergan o’zgarishlar – muayyan hissiyotning
yuzaga kelishi, stimulga reaktsiya signali;
– ko’zlarning beixtiyor harakatlari (sezilarli «yugurik ko’zlar»)
– xavotir, uyalish, aldash, qo’rquv, nevrasteniya (nevroz guruhiga ki-
ruvchi psixologik buzilish);
– yaltirovchi nigoh – jonsaraklik, qo’zg’alish;
– qotib qolgan nigoh – nihoyatda ojizlik;
– qorachiqlarning kengayishi – qiziqishni sezish hamda axborot, muloqot,
fotosurat, hamsuhbat, ovqat, musiqa va boshqa tashqi omillardan huzurlanish,
nimanidir qabul qilish, ayni vaqtda kuchli azob; bahzi dorilar va narkotiklar
(marixuana, kokain...) iste’mol qilish;
– qorachiqlarning torayishi – g’ijinish, jahl chiqishi, nafrat va boshqa shu kabi
salbiy emotsiyalarning chulg’ab olishi, biror narsani qabul qilmaslik; muayyan
narkotiklar (morfin, geroin...) ta’siri;
– qorachiqlarning tartibsiz harakati – mastlik belgisi (bunday
harakatlar qancha ko’p bo’lsa, odam shunchalik mast bo’ladi);
– ko’zning kuchli pirpirashi – qo’zg’alish, aldov.
Odamlar har doim o’zlari aniq zavq oladigan yoki yaqin munosabatda
bo’lgan odamlarga qarashni afzal biladilar; bunda ayollar erkaklarga qaraganda
ko’proq noverbal qiziqish namoyish etadilar.
Muloqot jarayonida ko’pincha gapirayotganda emas, balki tinglayotganda
suhbatdoshning ko’ziga qaraladi, holbuki ishontirishga urinish bo’layotganida
bahzan so’zlab turib suhbatdoshning ko’zlariga tik qarash usuli qo’llaniladi.
Siz bilan muloqot qilayotgan davrning 1/3 qismidan kamroq vaqt
mobaynida ko’zingizga qarayotgan subhekt yolg’on so’zlaydi yoki nimanidir
yashirishga urinadi; ko’zingizga yashirmay tik qarab turgan odam esa yo sizga
qattiq qiziqadi (qorachiqlar kengaygan), yo oshkora dushmanlik namoyon etadi
(qorachiqlar toraygan), yo ustunlik qilishga intiladi.
Ko’zlar kontaktlarining modifikatsiyalari (ko’z qarashlarining turlari)
quyidagicha rasshifrovka qilinadi:
– hissiz nigoh – diqqat jamlangan o’y;
– nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko’chirish – suhbatga qiziqishning
yo’qolishi, suhbatdosh monologining haddan tashqari uzunligi;
– ko’zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar toraygan) – dushmanlik
va ustunlikning yorqin ifodasi;
– ko’zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar kengaygan) – jinsiy qiziqish
belgisi;
– nigohni olib qochish va pastga qarash – uyalish, aldash;
– yondan qarash – ishonchsizlik;
– ko’zlar goh olib qochiladi, goh orqaga qaytariladi – rozilikning yo’qligi,
ishonchsizlik.
Nigohlar yordamida bog’lanish (kontakt glazami).
Ushbu muomila so’zlarsiz,tana xarakatlarisiz ko’zlar yordamida amalga
oshiriladi.Ushbu muomala turida suxbatdoshlarning nigohlaridan ular o’zlarini
erkin yoki xijolatli tutishlarini payqash mumkin. Agar inson o’zidan xijolat cheksa
biron bir sababli ayb qilganini bildirmasligi uchun nigoxlarini suxbatdoshi
nigoxidan olib qochadi. Agar ikkisi ham suxbat chog’ida bir-biriga tik qarab
nigoxlarini olib qochmasalar bu ikki sabablikdandir:
Brinchidan suxbatdoshini qarashlari noz karashmali bo’lsa,nigoxlar qiziq bir
narsani o’qigani bo’lsa ko’z qorachig’lari kengayadi.
Ikkinchidan suxbatdoshiga nafratini bildirmoqchi bo’lganda esa ko’z
qorachig’i torayadi. SHuning uchun kelishuv chog’ida qora ko’zoynak taqib olish
suxbatdoshda shubxalanish keltirib chiqarishi mumkin.
Suxbatdoshing to’g’ri yoki noto’g’ri so’zlayotganini bilmoqchi bo’lsangiz
uni ko’zlariga qara degan xalq maqoli mavjud.
Insonni ko’z qorachig’i suxbat paytida kattalashsa demak,bu inson
hayajonda yoki kayfiyati chog’.Aksincha esa insonni achchig’i chiqib, xafa bo’lsa
ko’z qorachig’i kichrayib ketadi,buko’zlar ilon ko’zidek sovuqlik aks ettiradi.
Insonnni nigohlari.
Ishchan nigoh
Ushbu nigoh suxbatdoshni ko’zi va peshonasi atrofida uchburchak hosil
qiladi.Ushbu nigox suxbatdoshni biron-bir jiddiy ishni hal qilmoqchi ekanligini
bildiradi.
Ijtimoiy nigoh.
Ushbu nigoxli suxbatdosh ijtimoiy masalani hal qilmoqchiligini bildiradi.
Yashirin (sirli) nigoh.
Ayol yoki erkakni bir – biriga bo’lgan intilishi yoki talpinishini anglatadi. Ushbu
nigoxni boshlagan shaxs avval ko’zlarga so’ng esa iyak qismdan boshlab,xullas
boshdan oyoq razm soladi. Ushbu nigox kishiga bo’ysunmas nigoxdir.
Ko’z qiri bilan qarash. Ushbu qarashda (nigoxda) qoshlar ko’tarilib,miyig’ida
kulinsa demak,sizni e’tiboringizni tortishmoqchi. Agar qoshlar uyulib,peshona
tirishtirib turilsa, biling-ki sizga shubxa,dushmanga qaragandek boqishmoqda.
Berkitib olingan qovoqlar. Suxbat chog’ida shaxs suxbatdoshini suxbati
qiziqarsiz bo’lsa,zada bo’lsa yoki undan ustunligini yoki ulug’vorligini anglatishini
bildirish uchun ko’zlarini yarim berkitib oladi,to’g’rirog’i qisiq ko’z bo’lib oladi.
Suxbat chog’ida 1 minutda kipriklar 6-8 marta pirpiraydi, lekin qiyiq ko’z
bo’lib olish suxbatdoshni unutishiga ishoradir.
Nigoh suxbatning qanday kechishida muxim ahamiyatga ega. Uning
yordamida ijobiy aloqa yoki salbiy munosabatlar shakllanadi. Insonlar ilk bor
uchrashganda ko’rgan narsalari haqida xulosa chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |