Noktyumlar (20 ga yaqin)
Etyudlar (hammasi 27 ta)
Ekapromtlar (hammasi 4 ta)
Valslar (hammasi 15 ta)
Prelyudiyalar (hammasi 25 ta)
24 ta prelyudiyalar op. 28
Prelyudiya cis-moll op. 45
Skerso (hammasi 4 ta)
Balladalar (hammasi 4 ta)
Sonatalar (hammasi 3 ta)
Fortepiano uchun orkestr jo'rligidagi cholg'u asarlar
KONSERTLAR
Op. 21
f-moll
Op. 11 e-moll
Op. 14 Rondo a la krakowiak (1825)
Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829-1830)
Op. 22 Katta mohirona polonez (1830-1843)
“Don Juan” operasi mavzusiga variatsiyalar” op. 2 (1827)
www.ziyouz.com kutubxonasi
FERENS (Frants) LIST (Liszt)
(1811-1886)
Ferens List - buyuk vengr bastakori, pianinochi,
dirijyor, Vengriya
musiqa san’ati rivojida katta rol o'ynagan jamoat arbobi. Listning taqdiri
shunday bo'ldiki, u Vengriyani erta tark etdi va umrining ko'p yillarini
Fransiya va Germaniyada o'tkazdi. Bu
bastakor dunyoqarashining
murakkabligi, uning Fransiya, Germaniya musiqiy madaniyatiga katta
ta'sirini va Vengriya musiqa san’ati rivoji tarixiga qo'shgan hissasiga
sabab boMdi.
List doimo o'zining vengr ekanligini ta'kidlagan. U o'z xalqi, o 'z
vatani bilan faxrlangan va eng jiddiy yo'l
bilan vengr musiqa
madaniyatini qo'llab-quvvatlar va rivojlantirishga harakat qilgan. O 'z
hayoti davomida vengr tematikasiga murojaat qilgan. U yaratgan asarlar:
«Vengr uslubidagi qahramonlik marsh», «Vengriya» kantatasi, bir
nechta «Vengr milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari bilan bog'liq
uchta simfonik poema, («Qahramonlar haqida girya», «Vengriya»,
«Gunnlar jangi», xalq ohanglarining erkin ishlangan shakli bo'lib
hisoblanuvchi
vengr rapsodiyalari, Vengriya mashhur arboblarining
www.ziyouz.com kutubxonasi
(Sh.Petefi, M.Vereshmarti) musiqiy xarakteristkasidan iborat «Vengr
portretlari» fortopiano uchun mo‘ljallangan qo'shiqlar turkumi. Vengr
mavzulari Vengriya uchun puflab chalinadigan asboblar uchun maxsus
yozilgan asarlarida ham bor: «Gran ibodati», «Muqaddas
Yelizaveta
haqida afsona», «Vengr toj kiyish marosimi messasi». Listning Vengriya
bilan qalin aloqalari haqida uning vengr lo'lilari musiqasi haqidagi
kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasiining
birinchi prezidenti etib tayinlashi (1875) haqidagi dalil guvohlik beradi.
List - musiqadagi romantizmning eng yorqin namoyondasidir.
Turli
g'oyaviy ta‘sirlarni, jumladan, butun ziddiyatlari, uning ijobiy va salbiy
yo'nalishlari bilan romantik estetikaning ta’sirini boshidan o'tkazgan
edi. Listning o'zi ham ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama-
qarshiligi
bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga
intilishda ko^rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalami bajarishda
reallikdan uzoqlashish namioyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: