5.4-rasm. Murakkab shaklli Turar-joy binolarining tarhiy yechimlari.
a,b -
Kyoln shahridagi (FRG) uyining umumiy ko‘rinishi va andozali tarhi; v – Serji-
Pentuaz shahridagi (Franstiya) uyining andozali tarhi; g –Brikston tumanidagi
(London) uyining andozali tarhi
112
5.4. Galereyali va yo‘lakli uylar
Galereyali
turar-uylar tarhi va hajmiy qurilishi bo‘yicha yo‘lakli turar-uy turini
qaytaradi. Farqi shunda-ki, xonadon tashqarisidagi kommunikatsiyalar, shuningdek
zinapoya – lift bo‘g‘inlari ochiq bo‘ladi, demak, galereyali turar-uylardan yumshoq
yoki issiq iqlimli joylarda foydalanish mumkin. Ikkala turdagi turar-uylar uchun eng
maqsadga muvofiq konstruktiv usul – bu ko‘ndalang devorlar tizimidir.
O‘zbekiston iqlim sharoitida turar-uylarda qulaylikning gigiyenik me’yorlariga
rioya qilish zaruriyati (temperatura rejimi, shamollatish va boshqalar) ko‘p qavatli
turar-uyni salbiy iqlim hodisalari ta’siridan saqlovchi tarhiy yechimning maxsus
usullaridan foydalanishga olib keldi.
Ularga quyidagi turar-uy tarhiy yechim usullari kiradi:
-
terrasa va kommunikatsion galereyalar orqali shamollatish (galereya
tuzilmali turar-uylar);
-
aeratsion hovlichalar, shaxta va chuqur peshayvonlar (lodjiya) orqali
shamollatish (seksiya tuzilmali turar-uylar).
Galereyalarni bir, ikki yoki uch qavat oralab joylashtirish mumkin, bunda bir
konstruktiv qadam chegarasida, umumiy galereyadan kiriluvchi bir yoki ikki qavatli
xonadonlar hosil bo‘ladi. Galereya sathida odatda umumiy xonalar va oshxona,
galereya tagidagi va yuqorisidagi qavatlarda esa – yotoqxonalar joylashtiriladi.
Oshxona, sanitar bo‘g‘inlar va xatto yotoqxonalarni galereya orqali yoritish mumkin,
bu usul ko‘pincha ikki va bir sathli xonadonlarda qo‘llaniladi. Qavatlar bo‘yicha
xonadonlarni birgalikda joylashtirishning asosiy usullari – bir tomonlama yoki ikki
tomonlamali yo‘lakli uy sxemasini takrorlaydi, ular orasida farqlar ham bor, bu
qurilishdagi iqlim sharoitlariga xos. Galereyalar faqat xonadonlarga kirish uchungina
xizmat qilmasdan, tashqi muhit bilan aloqasi bo‘lganligi sababli, ular xonadonlar va
uylarni faol shamollatishga ko‘mak beradilar.
Turar-uylarni terrasa va kommunikatsion galereya orqali shamollatish galereya
tuzilmali turar-uylarga xosdir. Galereyali turar-uylarning tarhiy yechimlari, janubiy
hudud iqlim sharoitlariga to‘liq javob beradi.
113
Ularning
yo‘lakli
turar-uylardan
farqi
shundaki,
galereyali
uylarda
xonadonlarning tashqi muhit bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Toshkent shahrida 16 qavatli eksperimental galereyali turar-uyda, yer bilan
aloqasini yo‘qotgan uyni funksional tashkil qilish tadqiqoti o‘tkazilgan. Yo‘qolgan
aloqani to‘ldirish uchun har 3 qavatda, uy markazida insonlar dam olishi va muloqot
qilishi uchun maydonchalar-ko‘kalamzorlashtirilgan hovlichalar – barpo etilgan, ular
tashqi muhit bilan ikkita uch qavatli teshiklar bilan bog‘langan. Har bir hovlicha 24 ta
bir qavatli xonadonlarni birlashtiradi (qavatlarda 8 ta xonadon), yuqori qavatdagi
xonadonlarga kirish, hovlichani yarim doira shaklida o‘rab turgan galereyalar orqali
amalga oshiriladi. Oshxona va sanitar bo‘g‘inlar galereyalarga qaragan, ularni
shamollatish hovlicha va tashqi muhitdagi temperaturalarning katta farqi sababli
ta’minlanadi (hovlicha teshiklari yo‘nalishi shimol va janubga qaragan). Uyning yassi
tomida bolalar uchun basseyn va solyariy qurilgan, statsionar tuproqda ekinlar
ekilgan, soyabonlar hosil qilingan (5.5-rasm).
Aeratsion hovlichalar, shaxta va peshayvonlar (lodjiya) orqali xonadonlarni
shamollatish seksiya tuzilmali turar-uylarda qo‘llaniladi. Seksiya tuzilmali turar-uy
xonadonlari ichkarisida havo harakatini kuchaytirish uchun, ichki hovlichalar
ko‘rinishida kichikroq ochiq fazolar ko‘zda tutiladi, bularga oshxona derazasi, sanitar
bo‘g‘inlar, zinapoya – lift xollari yoki shaxtalar chiqadi, ushbu xonalar tuynuklar va
ventilyatsion teshiklar bilan bog‘langan bo‘ladi. Hovlicha yoki shaxtada havo
sirkulyatsiyasi uchun, birinchi qavatda ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi teshiklar
o‘rnatiladi.
Tonggi sovuq havo (og‘irroq) hovlichalarga (shaxtalar) cho‘kib, qayta
ishlangan, kunduzi isigan havoni yerdan ko‘taradi, yuqoriga ko‘tarilayotganda, kun
davomida xonadonlarda yig‘ilgan havoni o‘zi bilan olib chiqib ketadi. Shaxtaning
gorizontal qirqimi uning balandligi bilan solishtirganda, qanchalik kichik bo‘lsa, havo
harakati shunchalik faol bo‘ladi.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |