5.1-rasm.
Ko‘p qavatli turar-joy binolarining tarhiy yechimi:
a – qatorli seksiya; v – burchakli seksiya.
5.2. Ko‘p qavatli uylarda birinchi qavat qismini loyihalash qoidalari
Zamonaviy ko‘p qavatli turar uylar tarkibida jamoatga xizmat ko‘rsatishga
mo‘ljallangan xonalar mavjud. Ular faqat shu uy yashovchilariga xizmat ko‘rsatishi
(yopiq xizmat ko‘rsatish) yoki shaharga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
jamoat tashkilotlari tizimi qismi (ochiq xizmat ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin.
Shahar holatining uch turi farqlanadi. Birinchi guruhga mikroiqlim sharoiti
yaxshi bo‘lgan magistrallararo hududlar kiradi. Ularga mikrorayon bog‘lari
yaqinidagi, ko‘kalamzor piyoda yo‘laklari atrofidagi hududlar kiradi. Bunday
sharoitda, turar-uylarning birinchi qavatida xonadonlarni joylashtirish yashash
qulayligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
107
Ayrim hollarda, birinchi qavatda joylashgan xonadonlar uy oldidagi kichik yer
maydonchalari bilan umumiy xonadon yoki oshxonadan chiqish eshigi orqali
bog‘lanadi. Transport harakati chegaralangan turar-joy binolari ko‘chalarida
joylashgan turar-uylarning birinchi qavatida, aholiga “yaqindan” xizmat ko‘rsatish
xonalari joylashishi mumkin. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: maishiy xizmat
uylari (kir yuvish, kimyoviy tozalash, ijara, buyurtmalar stoli kabilarning qabul
punktlari), savdo (birinchi zaruriyat mahsulotlarini sotish uchun), fuqarolarning
jamoat faoliyati uchun xonalar (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish), bolalar, to‘garak,
sevimli mashg‘ulotlar uchun, sport xonalari, hamda bolalar bog‘chasidir. Shaxsiy
avtomobillar garajlari yerto‘lada joylashtiriladi.
Shahar hududining ikkinchi guruhiga shahar va tuman ahamiyatidagi ko‘chalar
va magistrallar kiradi. Bu ko‘chalarning qizil chizig‘ida joylashgan turar-uylarning
birinchi qavati yashash uchun noqulay. Ular shahar xizmat turlari uchun
mo‘ljallangan noturar-uy ahamiyatidagi xonalar uchun ishlatilishi mumkin: savdo
(turli do‘konlar), madaniy-maishiy (ko‘rgazma zallari, kutubxonalar), jamoat
ovqatlanish xonalari (oshxona, kafe), dorixonalar, aloqa bo‘limlari va boshqa idoralar
uchun ishlatiladi. Bu uylarning birinchi qavati “yaqindan” xizmat ko‘rsatish xonalari
uchun ham ishlatiladi.
Shahar hududining uchinchi guruhiga shaharlar markazi va rejaviy rayon
markazlari hududlari kiradi. Bu hududlarda joylashgan turar-uylarning birinchi
qavatida, shahar xizmat ko‘rsatish xonalari joylashadi. Bular savdo markazlari, yirik
universal do‘konlar, transport va boshqa agentliklar, ma’muriy idoralar bo‘lishi
mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh hududida joylashgan turar-uylar birinchi
qavatining yechimi faqat xizmat ko‘rsatuvchi idoralarning funksional tarkibi bo‘yicha
emas, balki ularning masshtabi va hajmiy tuzilmasi bo‘yicha farqlanadi.
Turar-uylarning birinchi qavatida joylashgan idoralarning funksional ahamiyati
va o‘lchamiga ko‘ra, ular rejalanadi va konstruktiv tizimi qabul qilinadi. Turar-
uylarning birinchi qavatida ko‘pincha joylashtiriluvchi xizmat ko‘rsatuvchi idoralar
asosiy xonalarining joylashuv sxemalaridan bir nechtasini sanab o‘tish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish xonalari odatda, balandlik bo‘yicha bir yoki ikki qavatni band
108
qiladi, tarhda esa ular uchun uy ostida joylashgan fazoviy qism (qurilgan xona), yoki
turar-uyning tarz qismiga qurilgan hajm qo‘shiladi (qo‘shimcha qurilgan xona).
Do'stlaringiz bilan baham: |