63
Ishlatilish jarayonida qulay bo‘lganligi va ishlab
chiqarish oddiy va arzon
bo‘lganligi uchun 2 marshli zinapoyalar ko‘proq ishlatiladi. Past qavatli binolar
uchun bir marshli zinapoyalar ishlatiladi, ko‘p qavatli (liftlari bilan) binolar uchun 2
marshli zinapoyalar bilan birga 3 marshli zinapoyalar ham ishlatiladi. Marshlar
orasidagi bo‘shliqni esa lift shaxtasi egallaydi. Yuqoridagi ko‘rsatmalar majburiy
hisoblanmaydi. Ayrim hollarda umumiy kompozistiyaga erishish uchun tejamkorligi
kamroq bo‘lgan yechimlar ham ishlatilishi mumkin.
Tez-tez yer qimirlaydigan
sharoitda zinapoya tugunlarini loyihalashda yer qimirlashiga qattiq qarshilik
ko‘rsatadigan qurilmalar va 2 taraflama o‘rnatilgan eshiklar bo‘lishi kerak. Umumiy
bo‘lgan zinapoyalardan, yugurib chiqiladigan zinapoyalarni ishlatish man etiladi.
Evakuatsiya yo‘llari va umumiy zinapoyalarga qo‘yiladigan talablar.
Evakuatsiya yo‘llari ikkiga bo‘linadi, ulardan birinchisi asosiy, ikkinchisi esa
halokat ro‘y bergan vaziyatdagi (avariya) evakuatsiya yo‘llaridir. Asosiy evakuatsiya
yo‘llariga xonadon tashqarisidagi kommunikatsiyalar-yo‘laklar,
zinapoya tugunlari,
avariya evakuatsiya yo‘llariga- tashqi ochiq xonalar-balkonlar, lodjiyalar, terassalar
tegishlidir.
Seksiya turar-joy binolari uchun zinapoya tugunlarini
ishlab chiqishda seksiya
qavatidagi xonadonlarning jamlangan umumiy maydonini, elektr ta’minoti
talablarini, qabul qilinadigan yechimlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish,
yashash xavfsizligini hisobga olish taqozo etiladi.
Asosiy evakuatsion yo‘laklar sifatida quyidagilarni qabul qilish taqozo etiladi.
-
har bir qavatda oyna bilan qoplangan yorug‘lik tushish derazasiga ega
bo‘lgan odatdagi zinapoya tugunlari – L1;
-
tom yopmasidagi ochiladigan yoki oyna bilan qoplangan yuqoridagi
tabiiy
yorug‘lik bilan yoritiladigan zinapoya tugunlari – L2;
L1 tipdagi zinapoya tuguni balandligi 28m gacha bo‘lgan turar-joy binolarida
qo‘llaniladi. Bunda deraza yuzasi 1,2 m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak. Shamollatish har
qavatdagi derazalarni ochish yo‘li bilan ta’minlanadi. L2 tipdagi zinapoya tuguni,
qoidaga ko‘ra, balandligi 9m dan yuqori bo‘lmagan turar-joy binolarida qo‘llanadi.
64
Bunday turdagi zinapoya tugunining balandligi 12m gacha bo‘lgan turar-joy
binolariga qo‘llashga ham ruxsat beriladi. Bunday zinapoya tuguni tom yopmasida
oyna bilan qoplangan (yoki ochiq holatdagi) yuzasi 4m
2
dan kam bo‘lmagan tuynuk
yoki yorug‘lik fonarining mavjudligi bilan harakterlanadi.
L2 tipli zinapoya tugunlarida eni 0,7m dan kam bo‘lmagan
marshlar orasiga
yorug‘lik o‘tish joylari yoki yorug‘lik shaxtasi gorizontal kesimining yuzasi
2m
2
dan kam bo‘lmagan zinapoyaning butun balandligi bo‘yicha o‘rnatilishi ko‘zda
tutiladi. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda hosil bo‘ladigan tutunni bartaraf etish
uchun
tom yopmasidagi oyna bilan qoplangan yorug‘lik tushadigan tuynuklarda yoki
yorug‘lik tushadigan fonarlarda ochiladigan framuga, fortochkalarni o‘rnatishni
ko‘zda tutish taqozo etiladi. Framugalar qo‘l orqali (binoning balandligi 9m
gacha
bo‘lganda) va distanstion moslamalar yordamida ochiladi (binoning balandligi 12m
gacha bo‘lganda).
L2 tipdagi zinapoya tuguni, qoidaga ko‘ra seksiya tarhining markaziga
joylashtiriladi, bunda uning hajmiga ikki, uch va to‘rt
marshli zinapoyalarni
joylashtirish mumkin. Ikki va to‘rt marshli zinapoyalardan xonadonlarga kirish
joylarining eshiklari ikkita-qavat va oraliq maydonchalarga, uch marshli zinapoyada
esa bitta zinapoya maydonchasiga o‘rnatilishi mumkin.
Avariya holatidagi ikkinchi evakuatsion chiqish joyini (xavfsizlik zonasi)
seksiyali turar-joy binolarida ikkinchi qavatdan boshlab har bir kvartira uchun
joylashtirishni ko‘zda tutish tavsiya etiladi.
Uzunligi 1,6m dan kam bo‘lmagan oyna bilan to‘silgan oraliqlar orasidagi yoki
oyna bilan to‘silgan va yozgi xona yon devori orasidagi yalpi devor ko‘rinishidagi
xavfsizlik zonasidan xonadonlar orqali balkon va lodjiya (jumladan oyna qoplangan
lodjiya)ga chiqish avariya holatidagi chiqish joyi deb hisoblanadi.
Qo‘shni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, ehtiyot chiquvlar (avariynыy
vыxod), tutun kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‘tish uchun
ishlatiladigan yozgi xonalar (balkonlar, lodjiyalar) oynaklanmaydi.
65
Xavfsizlik zonasi-oynalar bilan to‘silgan oraliq tuynuk va yozgi xonaning yon
tomoni orasidagi yalpi devor (tuynuksiz devor) ko‘rinishida bo‘lib, yong‘in paytida
odamlar shu joyga kelishlari kerak.
Asosiy zinapoya tuguni tom yopmasi usti (krovlya)ga eltadigan avariya tuynugi
va narvonini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Ikki yoki undan ortiq sathlarga
ega bo‘lgan xonadonlardagi zinapoyalarni xonadon ichidagi dahlizga yoki yo’lakka
joylashtirish
tavsiya etiladi, shuningdek, bunday zinapoyalarni umumiy xonaga
o‘rnatishga ham ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: