Mavzu: o ’ tish davri va bozor iqtisodiyoti


O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va



Download 356,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana26.02.2022
Hajmi356,28 Kb.
#467959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O’tish davri va bozor iqtisodiyoti. PDF

2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va 
xususiyatlari. 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mamlakatlar turli yo’llarni 
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga 


35 
oiishning revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, 
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion 
yo’lni, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa 
o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi 
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy 
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin 
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii 
tanlandi. 
« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yoii xalqimiz 
ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob 
beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat 
bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi 
muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ». 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li 
ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, 
puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan 
“o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga 
oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta 
muhim tamoyil asos qilib olingan: 
-
iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini 
ta’minlash; 
-
o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; 
-
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar 
ustuvorligining ta’minlanishi; 
-
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash 
sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish; 
-
bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. 
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim 
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor 


36 
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi 
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday 
ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning 
ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar 
- islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini 
buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qoilab-
quvvatlanayotgani bejiz emas, albatta». 
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining 
naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, 
mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi 
jadal rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, 
bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan 
cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha 
sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami 
ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich, evolyusion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va 
afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish 
tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq 
farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish 
vositalarini belgilab olishni talab qiladi. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga oiishning 
birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish 
maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi: 
-
totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
-
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda 
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish. 
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi 
muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 


37 
-
O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash; 
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
-
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada 
bozor 
munosabatlariga 
o’tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z 
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun 
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilish- ning birinchi 
bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun 
yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, 
bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan 
kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan 
quyidagi bir qator vazifalami ko‘rsatib berdi: 
-
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga 
yetkazish; 
-
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash; 
-
milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash; 
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib 
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish. 
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda 
«erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham 


38 
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot 
sohasida quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi: 
-
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini 
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish; 
-
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda 
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 
-
mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan 
sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va 
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin 
egallashiga erishish; 
-
mamlakatning 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash, 
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 
-
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish. 
Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy 
ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga 
aylandi. 

Download 356,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish