25
«Высота» – Balandlik bandi tanlansa, to‘g‘ri to‘rtburchakka hajm berish
maqsadida uning eni va bo‘yidan tashqari balandligini
berish nazarda tutiladi va
ushbu parametr ham uch o‘lchamli chizma yaratishda, izometriyada yaqqol
ko‘rinadi, aks holda ikki o‘lchamli plan holidagi
chizmalarda ushbu parametr
ko‘rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali
tasdiqlanadi.
«Ширина» – Kenglik bandi tanlanganda to‘g‘ri to‘rtburchakning chiziqlari
kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib,
“Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
To‘g‘ri to‘rtburchakning aniq o‘lchamlarini, ya’ni eni va bo‘yi
yoki yuza
kattaliklarini berish uchun, «Прямоугольник» – To‘g‘ri to‘rtburchak chizish
tugmasi bosilib,
dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so‘ng, ekranga «Второй угол или ↓»
– Ikkinchi burchak yoki ↓ – degan axborot chiqadi.
Klaviaturadagi
↓
–
ko‘rsatkichi bosiladi va yordamchi menyu oyna chiqariladi.
Unda
«Площадь» – Yuza (Maydon), «Размеры» – O‘lchamlar, «Поворот» –
Burilish buyruq bandlari mavjud.
«Площадь» – Yuza bandi tanlansa, yuza qiymati klaviaturadan kiritilib,
“Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So‘ng «Вычислять
размеры
прямоугольника на основе параметра» – Quyidagi parametrlarda to‘g‘ri
to‘rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi. Unda «Длина» – Uzunlik
va «Ширина» – Kenglik buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va
qiymat klaviatura orqali kiritilib,
“Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi.
Ekranda berilgan qiymat
parametrlarga ega bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak hosil qilinadi.
«Размеры»
–
O‘lchamlar
bandi
tanlansa,
ekranda
«Длина
прямоугольника» – To‘g‘ri to‘rtburchak uzunligi degan axborot chiqadi.
26
Klaviaturadan kerakli qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, keyingi
parametr «Ширина прямоугольника» – To‘g‘ri to‘rtburchak kengligi
so‘raladi. Unda ham kerakli qiymat klaviatura yordamida kiritilib, “Enter”
tugmasi bosilganda ekranda berilgan qiymatlar asosida to‘g‘ri to‘rtburchak
hosil qilinadi.
«Поворот» – Burilish bandi tanlanganda to‘g‘ri to‘rtburchakni
gradus
burchak asosida bajarish nazarda tutiladi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib
“Enter” tugmasi bosiladi. Yana klaviaturadagi ↓ – ko‘rsatkichi bosilib
yordamchi menyu oyna chiqariladi. Undagi «Размеры» – O‘lchamlar bandi
tanlanib, yuqorida aytib o‘tilgan tartibda to‘g‘ri to‘rtburchak bajariladi.
Shuni
aytib o‘tish joizki, burchak gradusini kiritayotganda soat strelkasiga teskari
yo‘nalishda va soatning 3 raqami ko‘rsatkichini 0
o
ekanligini yodda tutish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: