Klaviaturadagi harflar nega alifbo tartibida emasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hozirda noutbuk va kompyuterlar klaviaturalaridagi



Download 0,53 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#286400
Bog'liq
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY


Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?

  •  DIMAX 

  •  745

  •  23.06.2020 16:53



Klaviaturadagi harflar nega alifbo tartibida emasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hozirda noutbuk va kompyuterlar klaviaturalaridagi, shuningdek smartfonlarning klaviatura ilovalaridagi tugmachalarning joylashuvi QWERTY-klaviatura deb nomlanadi.

O‘QING: Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (1-qism)

Eng qizig‘i – QWERTY-klaviaturaning yoshi bir yarim asrdan oshadi! Ha, ishonavering – smartfonlar u yoqda tursin, hali kompyuter ham yaratilmasidan avval dunyoga kelgan u!



Kristofer Shoulz va Samuel Soul ismli ixtirochilar 1866 yilning 13 noyabrida «Remington 1» yozuv mashinkasiga patent olganlar. Keyinchalik ular safiga Karlos Glidden va boshqalar ham qo‘shilgan va mashinkaning klaviaturasini takomillashtirishgan.

Drezden muzeyida saqlanayotgan Shoulz va Glidden yozuv mashinkasi

Birinchi yozuv mashinkalari ikki qator harflardan iborat pianino klavishlari ko‘rinishidagi klaviaturaga ega edi. Vaqtlar o‘tishi bilan ularning joylashuviga o‘zgarishlar kiritilgan; 1875 yili to‘ldirilgan patentda esa yozuv mashinkasi hozirgi ko‘rinishdagi birinchi QWERTY-klaviaturali gadjetga aylangan.

Yozuv mashinkasining 1872 yilgi versiyasi

Eng birinchi yozuv mashinkalari klaviaturalarida esa harflar alifbo tartibiga ko‘ra terilgan edi. Bu tizmaning noqulayligi sababli keyinchalik QWERTY-klaviatura ommalashib ketgan.

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati


  •  MIRZOXIDBEK 

  •  4338

  •  11.07.2019 17:37



Har birimiz deyarli har kuni kompyuterdan foydalanamiz, klaviatura bilan matn teramiz, biroq PCdan shunchalik ko‘p foydalanganimizdan undagi ba’zi mayda jihatlarga, hattoki, e’tibor ham bermaymiz.

Masalan, ko‘pchilik QWERTY klaviaturadagi F va J tugmalarining pastki qismida bo‘rtib chiqqan chiziqcha borligini payqamagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bu bo‘rtmalardan maqsad nimada?

Bu klavishlarining pastki qismida joylashgan bo‘rtmalar yozayotgan kishiga o‘ng va chap barmoqlarni klavishlar paneliga qaramasdan ham, klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish imkonini berish uchun ataylab yaratilgan. Barmoqlarni "home row" (bosh qator) deb ataluvchi klavishlar guruhi bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish bilan boshqa klavishlarni klaviaturaga qaramasdan ham to‘g‘ri aniqlay olish va yozish tezligini oshirish mumkin. QWERTY klaviaturada "home row" guruhiga o‘ng qo‘l barmoqlari uchun J, K, L; chap qo‘l barmoqlari uchun esa A, S, D, F tugmalari kiradi. 

Bundan tashqari sonlar panelidagi "5" klavishida ham ayni bo‘rtiq mavjud bo‘lib, u ham yuqoridagi kabi vazifani bajaradi. 



O‘QING: KLAVIATURALARDA YANGI TUGMACHA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN!
Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish