Yuldoshev-bekzod pdf



Download 62,27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi62,27 Kb.
#467719
Bog'liq
yuldoshev-bekzod



Davlat huquqi va nazariyasi modulidan oraliq nazorati.
7-savol
Ba`zi olimlar mamlakatimizni unitar davlat va Prezidentlik respublikasi deb
e`tirof etishsa, boshqalari federativ davlat,aralash respublika deb tavsif berishadi.
O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va tuzilish shaklini amaldagi
qonunchilik asosida batafsil tahlil qiling. Fikringizni misollar bilan asoslab bering.
Avvalo,kazusga javob berishda quyidagi savollarning mohiyatini ochib berish
talab etiladi:
1.Davlat shakli tushunchasi?
2.Unitar davlat,federatsiya va konfederatsiya tushunchasi,belgilari va ularga
qanday misollar keltirish mumkin?
3.Davlat tuzilish shakli va aholining hududiy asosga ko’ra birlashganligi
o’rtasidagi bog’liqlik qanday ifodalanadi?
4.O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilish shakliga ko’ra qanday davlat?
Davlatni qurishda va uning kelajagida,shu davlatning tuzilish shakli juda katta
ahamiyatga ega. Shu sababli davlat shaklining to’g’ri tanlanishi lozim. Chunki
davlatning tuzilish shakli uning kelajakdagi strategiyasini va uning dunyo
miqyosidagi o’rnini belgilab beradi. Undan tashqari davlat tuzilishini to’g’ri
tanlash jamiyat farovonligini,barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’llaridan biri
hisoblanadi.
Davlat hokimiyatini shakllantirish va ijro etishda ham davlatning tuzilish shakli
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan davlatning tuzilish shakli qaysi organga
qanday vakolatlar berishni va har bir organ o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi
va tartibga soladi.
Davlat shakli - bu o’z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat)
rejimini qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig’indisidir.


Davlat tuzilish shakli-bu davlatning siyosiy-hududiy tuzilishi bo’lib,u davlat
hokimiyatining markaziy va mahalliy hokimiyatini o’rtasidagi o’zaro munosabatini
tavsiflaydi. Davlatning siyosiy-hududiy tuzilishi deganda, davlat hokimiyatining
uning hududlari bo’yicha taqsimlanishini tavsiflaydi. Ya’ni davlat qanday
ma’muriy-hududiy birliklarga bo’linadi va ulardagi davlat mahalliy hokimiyat
qandayligini haqida ma’lumot beradi.
Davlat tarixiga ko’ra quyidagi hududiy bo’linmalar mavjud:
1.Ma’muriy-hududiy bo’linmalar (tuman, viloyat, okrug, guberniya va
boshqalar).
2.Davlat-milliy bo’linmalar (avtonom davlatlar,avtonom viloyatlar, shtatlar).
3.Suveren davlatlar.
Barcha davlatlarni o’z hududiy tuzilishiga ko’ra unitar va federativ,
konfederativga ajratish mumkin.
Unitar tuzilishidagi davlat yagona davlat bo’lib,tarkibiy qismlari suverenitet
belgilariga ega bo’lmaydi va markaziy hokimiyatga bo’ysunadi.
Unitar davlatda yagona fuqarolik,yagona qonunchilik va sud tizimi,yagona pul va
soliq tizimi mavjudligi uning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Undan
tashqari,unitar davlatda barcha tashqi aloqalar markaziy organlar tomonidan
yuritiladi.
Unitar davlatlarga hozirgi kunda juda ko’p misollar keltirish mumkin. Misol
uchun: Fransiya,Italiya,Polsha va Yaponiya kabi davlatlari bunga yorqin misol
bo’la oladi.
Unitar davlatlar ham o’z vaqtida ikkiga bo’linishi mumkin: markazlashgan va
markazlashmagan.
Markazlashgan unitar davlatda mahalliy o’zini o’zi boshqarish bo’lmaydi,
mahalliy hokimiyat organlarida markaz tomonidan vakil tayinlanadi.


Markazlashmagan unitar davlatda mahalliy hokimiyat o’zini o’zi boshqarish
xususiyatiga ega va mahalliy hokimiyat vakillari shu hududdagi aholi tomonidan
saylanadi.
Unitar davlatning qanday turda ekanligi barcha resurslar markaz qo’lida
to’planishiga olib keladi va buning natijasida davlat tezroq rivojlanadi va o’sadi.
Bu esa byurokratik tizimni tatbiq etishni ham osonlashtiradi.
Federatsiya-(lotincha”foederare”so’zidan olingan bo’lib, ”ittifoq bilan
mustahkamlash” ma’nosini anglatadi) murakkab davlat hisoblanadi. Federativ
davlat-teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat
tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi.
Federatsiyaga Rossiya Federatsiyasini va Amerika Qo’shma Shtatlarini misol
keltirish mumkin.Ammo ularning davlat tuzilish shakli bir xil bo’lishiga
qaramasdan ularning bir qancha farqlari bor.
Ularning bir-biridan farqi shulardan iboratdir:AQSH 50ta shtatdan iborat bo’lsa,
Rossiya o’z ichiga 21ta respublika, 46ta viloyat, 3ta federal ahamiyatga ega shahar,
avtonom viloyat va 4ta avtonom okrugni o’z ichiga oladi. Ularning soliq tizimi
ham turlicha. Rossiyada uning subyektlaridan yig’ilgan soliq to’g’ridan -to’g’ri
federal g’aznaga ketsa, AQSH da esa soliq yig’imlari shtatlarda to’planadi.
Ulardagi saylov tizimi ham farq qiladi. Rossiyada saylovlar to’gridan-to’gri biz
bilgan tartibda xalq saylasa, AQSHda esa har bir shtatda saylov kollegiyalari
mavjud. Har bir shtat nomidan o’sha shtatning kollegiyalari saylaydi.
Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy, milliy-
hududiy.
Hududiyda davlatlar hududiy asosga ko’ra ya’ni juda kata hududga ega bo’lsa
boshqaruvni ossonlashtirish uchun birlashadi. Bu turdagi federatsiyada davlatlar
suveren bo’lmaydi,tashqi munosabatlar olib bormaydi. Qurolli kuchlarini ittifoq
irodasi boshqaradi. bularga misol qilib AQSH, Braziliya va Hindistonni keltirsak
bo’ladi.


Milliy federatsiyada esa milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaridan iborat
bo’ladi, ular ixtiyoriy ravishda birlashadi. Bu federatsiyaga birlashgan millatlar o’z
taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ladi. Bunga misol qilib Chernogoriyani
keltirsak bo’ladi.
Milliy-hududiy federatsiyada esa davlatlar birlashishi asosida ham milliy ham
hududiy prinsiplar yotadi. Bunga Rossiya va Germaniyani misol qilib keltirsak
bo’ladi.
Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy,
siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona
davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil
davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir.
Konfederatsiyaga misol qilib Shveysariyani keltirishimiz mumkin. Ya`ni
Shveysariya Konfederatsiyasi 26ta kantondan iborat.
O’zbekistonga keladigan bo’lsak uning tuzilish shakli unitar davlat hisoblanadi.
Uni faqatgina tarkibida avtonom davlati bo’lgani uchun federatsiya deb hisoblash
mumkin emas. Chunki avtonom hududlariga ega unitary davlatlar ham mavjud.
Bunga misol qilib Xitoyni keltirsak bo’ladi chunki u o’z ichiga Tibet, Ichki
Mo’g’uliston, Gonkong kabi avtonom hududlariga ega.
Buni bir necha misollar orqali ko`rib chiqish mumkin;

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasiga ko`ra o`zining
hududiy tuzilishiga ega;

Yagona qonunchilik tizimi shakllangan;

Respublika hududida yagona davlat organlarining tizimi mavjud;

Yagona fuqarolik o`rnatilgan;

Respublika o`zining yagona armiyasi,yagona sud tizimi,yagona pul
birligiga(so`m)ega.
Xulosa o`rnida aytadigan bo`lsam, O`zbekiston Respublikasi tuzilish shakliga
ko`ra unitar davlat hisoblanadi.Rspublika tarkibida avtonom hududning


mavjudligi davlatni federativ ekanligini bildirmaydi.Qo`shimchasiga hech qaysi
qonun hujjatlarida O`zbekiston federativ mamlakat ekanligi qayd etilmagan.
O`zbekistonni davlat shakliga soladigan bo`lsak;

Boshqaruv shakliga ko`ra-respublika;

Tuzilishiga ko`ra-federativ davlat xususiyatiga ega bo`lgan unitar davlat;

Siyosiy rejimiga ko`ra-demokratiya.

Download 62,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish