106
kelishini o’zgartirish yoki tashqariga qaraganda tana qismlarining sirtini oshirish
bilan (qo’l-oyoqlarning jun bilan qoplangan qismini ochish) teriga qonning oqib
kelishini cheklash tananing ichki qismidan issiqlikning yuzaga chiqishini
chegaralaydi. Junni va patni o’stirish issiqlik himoyalashni kuchaytiradi.
Tanani
gujum qilish uning ochiq qismi sirtini kamaytiradi va shu bilan issiqlik yo’qotishni
kamaytiradi. Havo isiganda tovuqlar, kabutarlar qanotini yoyishadi. Bu usul ham
ma’lum darajada samara beradi. Harorati ma’lum qiymatdan past bo’lgan
hayvonlar o’z haroratini issiqlik vujudga keltirishini oshirishi tufayli saqlab turadi.
Tirik organizmdagi to’qimalar issiqlik o’tkazuvchanligi turlichadir. Bu esa
organizmning issiqlik rejimi uchun muhimdir. Muskul to’qimasining ancha katta
issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi (0,5 Vt/m.K)
issiqlik tezda ichki
organlardan tashqi organlarga o’tkazilishiga yordam beradi. Masalan, tashqi muhit
sovuq bo’lganda yog’ qatlami issiqlikning chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Shu
sababli sovuq yurtlarda yashovchi hayvonlar ancha katta teri osti yog’ qatlamiga
ega. Masalan, pingvinning teri osti yog’ qatlami massasi 10-15 kg ga teng bo’lib,
uning o’zining massasi 30-35 kg. Xuddi shunday jun qatlami qalinligi ham katta
rol o’ynaydi.
Organizmda issiqlik muvozanatini aniqlovchi to’rt xil mexanizm mavjud.
Bulardan biri issiqlik o’tkazuvchanlikdir. Issiqlik o’tkazuvchanlikda atom,
molekula yoki erkin elektronlar o’zlarining kinetik energiyasini kichik energiyali
zarrachalarga beradi. Issiqlik o’tkazuvchanlik har xil jismlarda har xildir.
Issiqlik o’tkazuvchanlikni harakterlovchi kattalik issiqlik o’tkazuvchanlik
koeffisiyentidir. Quyidagi jadvalda ba’zi moddalar issiqlik o’tkazuvchanlik
koeffisiyentlari keltirilgan.
5.2-Jadval
T/r
Modda
χ
,Vt/
K
м
⋅
1
Quruq havo
0,024
2
Jun mato
0,025
3
Yog’ to’qimasi
0,17 – 0,21
4
Odam epidermisi
0,25
5
Muskul to’qimasi
0,50
6
Suv
0,585
7
Metall
40 dan 400 gacha
Jadvaldan ko’rinadiki eng yaxshi issiqlik o’tkazuvchi modda bu metalldir.
Unda issiqlikni katta harakatchanlikka ega bo’lgan elektronlar tashiydi. Gazlar esa
eng kichik issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. Tirik organizmda to’qimalar turli
issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. Eng yaxshi issiqlik o’tkazuvchanlikka
muskul
to’qimalari ega bo’lib unda qon o’tuvchi tomirlar ko’p bo’lib, ichki organlardan
tashqariga issiqlikni tezda chiqaradi va organizmni ortiqcha isib ketishdan
saqlaydi. Aksincha, tashqi muhit harorati past bo’lganda yog’ to’qimalari
issiqlikning tashqariga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababli shimolda
yashovchi hayvonlar yog’ qatlami qalin bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
107
Issiqlik konveksiya yo’li bilan ham uzatilishi mumkin. Ayniqsa,
gaz va
suyuqliklarda bu yaxshi namoyon bo’ladi. Sovuq qatlamlar pastga qarab, issiq
qatlamlar esa yuqoriga qarab harakat qiladi. Konveksiya vaqtida beriladigan
issiqlik oqimi intensivligi yuza harorati farqiga proporsianaldir.
)
(
0
γ
Т
Т
L
ю
−
=
Ι
(5.51)
Bunda L – konveksiya vaqtidagi issiqlik uzatish koeffisiyenti, T
yu
-yuza
xarorati,
γ
Τ
-moddaning o’rtacha xarorati.
Konveksiya koeffisiyenti tashqi muhit bosimi oshishi
hamda havo tezligiga
proporsional oshib boradi. Konveksiya ham issiqlik o’tkazuvchanlik kabi harorat
past tomonga qarab yuz beradi. Agarda atrof-muhit harorati hayvon haroratiga teng
yoki yuqori bo’lsa, u holda konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik issiqlik oqimi
yuzaga keltiradi. U esa organizm ichiga yo’nalgan bo’lib, ma’lum sharoitda
organizmning o’ta isishiga va hayvonning halok bo’lishiga olib keladi (oftob
urishi).
Har qanday atom va molekula elektromagnit energiya nurlaydi va o’zi bilan
ichki energiyaning bir qismini olib ketadi. Ichki energiya oshishi bilan nurlanish
intensivligi ham oshib boradi.
Xuddi shunday moddaga tushgan nurlanish uning haroratini oshiradi. Muhim
tomoni nurlanish havosiz joyda ham tarqalish xususiyatiga ega. Issiqlik nurlanishi
har qanday haroratda har qanday jismda yuz beradi.
Agarda hayvon terisi harorati T
T
va havo harorati T
h
– desak u holda natijaviy
issiqlik oqimi intensivligi
(
)
4
4
х
Т
нур
Т
Т
−
=
Ι
εσ
(5.52)
Bunda
σ
- Stefan-Bolsman doimiysi,
ε
-
dielektrik kirituvchanlik.
Issiq
qonli hayvonlar uchun issiqlik uzatish 50 – 60% gacha boradi.
Organizmdan ko’p miqdordagi issiqlik bug’lanish orqali chiqib ketadi.
Masalan, odam nafas chiqarish bilan sutkasiga 0,35 kg va normal terlashda 0,5kg
suvni chiqarib yuboradi. Agar suvning solishtirma bug’ hosil bo’lish issiqligini
кг
Ж
/
10
52
,
2
6
⋅
desak
u
holda
bo’g’lanish
orqali
yo’qotiladigan
issiqlik
Ж
6
6
10
2
10
252
85
,
0
⋅
=
⋅
⋅
Bu esa organizmdagi issiqlik zaxirasining 30% ni tashkil
qiladi. Bug’lanish tashqi haroratga va namlikga bog’liq bo’ladi. Yerdagi hayvonlar
uchun muhitning normal namligi 40 – 50% ga teng. Katta namlikda bug’lanish
sekinlashadi va demak, issiqlik ajratishni ham kamaytiradi va organizmning
ortiqcha isishiga olib keladi. Shu sababli odamlarning namlik katta bo’lgan
subtropik hududlarda yashashi qiyin. Namlik 40%dan kam bo’lsa organizm ko’p
suyuqlikni yo’qotadi. Shu sababli normal namlikni molxonalarda saqlashga harakat
qilish kerak.
Issiqlik yo’qotish fiziologik jarayon aktivligiga ham bog’liqdir. Masalan, bir
kunda 12 litr sut beradigan sigir 1m
2
tanasidan soatiga 190 g suv bug’laydi
(
)
Ж
5
10
6
,
4
⋅
, agarda bir kunda 25 litr sut bersa – 290 g
(
)
Ж
5
10
7
⋅
suv yo’qotadi.
Bizga ma’lumki, agarda suvda cho’milganda qaltirasak,
u holda issiqlik
mahsuldorligimiz oshadi, chunki himoyalovchi mexanizm yetishmaydi. Katta
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
108
jonivorlar ancha qulay sharoitda bo’ladi. Birinchidan, ularning tana sirti hajmiga
nisbatan kichik bo’lsa, ikkinchidan, ularning juni ancha qalin bo’ladi. Shu sababli
tana o’lchami kamayishi bilan issiqlik o’tkazuvchanlik issiqlik mahsuldorligiga
qaraganda tez kamayadi. Natijada katta hayvonlar past
haroratlarga chidamliroq
bo’ladi. Kichik hayvonlar pulsi katta bo’ladi.
Molxonalarda tashqi harorat – 25
o
S bo’lganda ichkarida harorat 10
o
S, namlik
maksimal 85%, minimal 40% bo’lishi kerak. Agar harorat pasaysa va namlik
oshsa, u holda sigirlar suti 30-40%, semirish darajasi 40-50% gacha kamayadi.
Qish vaqtida havo almashtirilib turilishi kerak. 100 kg massaga 17 m
3
/ soat bo’lishi
kerak. Shamol tezligi uncha katta bo’lmasligi kerak, ya’ni 0,5 m/s dan 1 m/s gacha,
tovuqxonalarda esa 1 kg og’irlik uchun 0,7 m
3
/soat havo almashtirish zarur.
Quyidagi rasmda suv to’ldirilgan menzurkada konveksiya hodisasining kechish
jarayoni tasvirlangan. Konveksiya atmosfera va okeanda issiqlik almashinishida
muhim mexanizm hisoblanadi.
5.13-rasm.
Konveksion oqimni ifodalovchi chizma
Do'stlaringiz bilan baham: