Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

 
3-
§
. Tijorat bankining o„z mablag„lari 
 
Bankning o‗z mablag‗lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, 
chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya‘ni real kredit resurslari hajmini 
pirovard natijada aktiv operatsiyalar hajmini belgilab beradi. Bankning 
o‗z mablag‗lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim 
ma‘lumot manbayi hisoblanadi. 
Bankning o„z mablag„lariga
ustav fond (kapital), zaxira fondi va 
bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda yil 
davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 
20 foizi banklarning o‗z mablag‗lariga to‗g‗ri keladi. Bankning o‗z 
mablag‗lari ichida asosiy o‗rinni ustav kapitali egallaydi. 
Bankning ustav kapitali
– bank ishini tashkil qilishning asosiy 
tayanch nuqtasi hisoblanadi. 


106
Biz tijorat banki bo‗limining ko‗rsatkichlarini ifodalovchi quyidagi 
jadval ma‘lumotlaridan bankning resurs bazasini tashkil qiluvchi ele-
mentlar va ularning tarkibini aniqroq ko‗rishimiz mumkin. 
Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatdiki, tijorat banki resurs bazasi-
ning 33.1 foiz bankning o‗z mablag‗lari, ya‘ni bank kapital va taqsim-
lanmagan foydasidan iborat. Bank ixtiyorida bo‗lgan resurslarning 25.1 
foiz jalb qilingan depozitlarga to‗g‗ri keladi. Shunday qilib, bank ix-
tiyorida bo‗lgan, o‗zi yiqqan resurslar jami – 58.2 5 ni tashkil qiladi. 
Bank tomonidan sotib olingan resurslar esa 41.8 foizni tashkil qiladi. 
Undan 27.4 foiz Markaziy bankdan olingan kredit resurlarini, 8.5 foiz 
Moliya vazirligidan olingan resurslarni, 5.9 foiz hukumat hisobvarag‗ida 
bo‗lgan resurslarni tashkil qiladi. 
Bank tomonidan tashkil qilingan resurs baza turli xil kreditlar berish 
va investitsiyalarni moliyalashtirish va boshqa aktiv operatsiyalarni 
amalga oshirish uchun yo‗naltirilishi mumkin. Tijorat banklari kredit po-
tentsiali uning passiv operatsiyalari ko‗lamiga bog‗liq. Tijorat banklari 
faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri bu real mavjud resurslar 
doirasida ish yuritishdir. Bu degani tijorat banklari nafaqat o‗z resurslari 
va kredit qo‗yilmalari miqdori mos kelishini ta‘minlashi, balki o‗zining 
likvidligini ham ta‘minlashi kerak. Agar bank mablag‗larini qisqa 
muddatga jalb etib uzoq muddatga kredit beradigan bo‗lsa, u holda bank 
likvidligi xavf ostida qoladi. Bank aktivlari tarkibida ko‗p miqdorda risk 
darajasi yuqori ssudalarning mavjudligi bank o‗z mablag‗larining 
salmog‗ini oshirishini talab etadi. Real jalb qilingan resurslar doirasida 
ishlash tamoyili – jalb qilingan depozitlarga bank qiziqishining 
o‗sishiga, kredit resurslari uchun sof raqobat rivojlanishiga olib keladi. 
Passivlar 
uchun 
keskin 
kurash 
banklarning 
o‗z resurslarini 
shakllantirishning samarali usullarini izlashni talab qiladi. Iqtisodiy mus-
taqillik bankning o‗z mablag‗lari va jalb qilingan mablag‗larini mustaqil 
boshqarishni, mijoz va omonatchilarni erkin tanlashni, soliqlar 
to‗lagandan keyin qolgan daromadga mustaqil egalik qilishni nazarda tu-
tadi. 
Tijorat banklarining resurs bazasi uning kredit potensiali dakrajasini 
belgilaydi. Bankning kredit potensiali - jalb qilingan mablag‗larning 
kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning 
iqtisodiy 
chegarasi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyotdagi 
bo‗sh 
pul 
mablag‗larining tijorat banklari tomonidan jalb qilinishi ular iqtisodiy 
faoliyatining asosini tashkil etadi. Banklar tomonidan jalb qilingan 
mablag‗larning barchasi kredit uchun ishlatilmasligi mumkin. Ko‗p 
103
Yuqorida ta‘kidlanganidek, bank resurslarini ikki katta guruhga 
bo‗lish mumkin. Bular – banklarning o‗z mablag‗lari va jalb qilingan 
mablag‗lar. Jalb qilingan resurslarni ba‘zi hollarda ikkiga bo‗lib qaraladi 
– jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan 
resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga 
oshirishda ishlatiladi, ya‘ni bank resurslari daromad olish maqsadida 
turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari 
o‗zaro chambarchas bog‗liq bo‗lganligi sababli passivlarning tarkibi va 
xarakteri ko‗p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga 
oshirishda o‗z ifodasini topadi. Shu bilan birga, resurslar xarakteriga 
banklar kreditlash siyosatining o‗zgarishi ham ta‘sir qiladi. 
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‗lari 
tashkil qiladi. Boshqa resurslarni jalb qilish uchun bank o‗z kapitalining 
yetarli darajasi miqdoriga ega bo‗lishi va uni me‘yor darajasida 
ta‘minlashi lozim. 
Tijorat banki o‗z mijozlarining bo‗sh turgan mablag‗larini qarzga 
olish bilan bir vaqtning o‗zida, bu mablag‗larni o‗z vaqtida qaytarilishini 
ta‘minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvid-
likka ega bo‗lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat 
banki faoliyatining zarur shartlaridan bo‗lib, ular aholining bo‗sh turgan 
pul mablag‗larining banklar sari oqimini ta‘minlaydi. Undan tashqari 
bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‗lgan holatda mi-
jozlar o‗z mablag‗larini qaytarib olishga ishonch hosil qilishlariga zamin 
yaratadi. 
Bank resurslarining aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin. 
9-rasm. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish