quyidagi shartlarga javob berishi kerak.
- bank faoliyatining barqarorligi;
- kreditor huquqlari bo‗yicha subordinatsiyalanganlik;
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo‗qligi.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori xalqaro Bazel
qo‗mitasining talablariga ko‗ra
asosiy (birinchi darajali) va
qo„shimcha (ikkinchi darajali) kapitaldan iborat bo‗lib, u
regulyativ kapital deb ham yuritiladi.
Regulyativ kapital –
bank faoliyatini
boshqarish va iqtisodiy me‘yorlar hisob-kitobini o‗tkazish maqsadida
hisoblash yo‗li bilan aniqlanadigan bank kapitalidir.
O‗zbekiston Respublikasi banklari faoliyatida ham regulyativ
kapital I darajali kapital va II darajali kapitaldan tashkil topgan.
Amaliyotda I darajali kapital
regulyativ kapitalning 75 foizini yoki
undan ortig‗ini tashkil etishi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali
kapital miqdoridan oshib ketsa, kapitalning oshib ketgan qismi kapital
hisobiga olinmaydi yoki kiritilmaydi.
I darajali kapital (regulyativ kapitalni 60 % dank am bo„lmagan qismi) tarkibiga quyidagilar kiradi: a) to‗liq to‗langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:
muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
egasining xohishiga ko‗ra sotib olinishi mumkin emas;
bank aksiyadorlari umumiy yig‗ilishi qaroriga muvofiq ularga
doir dividendlar to‗lanmasligi mumkin;
ular bo‗yicha o‗tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) divi-
dendlar to‗lanmaydi;
125
ta‘kidlaganimizdek, barcha aktivlarning bozor narxi va barcha
majburiyatlarning bozor narxi o‗rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Kapital yetarliligini aniqlashda riskka tortilgan aktivlarning
umumiy
summasidan
foydalanamiz.
Ushbu
ko‗rsatkich
bank
aktivlarining qancha miqdori qay darajali riskka asoslanganligini
anglatadi.
―Tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo‗yiladigan talablar
to‗g‗risida‖gi 949-7-son nizomga muvofiq balans aktivlari risk
(tavakkalchilik) darajasi bo‗yicha 0, 20, 50, 100 foizli to‗rt guruhga
bo‗linadi. Har xil toifali aktivlar nisbiy tavakkalchiligi o‗z zimmasiga
majburiyatlarni qabul qilgan shaxs turi va garov yoki kafolat tavsifiga
bog‗liq. Masalan, naqd pul 0 foizli risk (tavakkalchilik) darajasiga ega
bo‗lsa, tijorat kreditlari 100 foizli risk (tavakkalchilik) toifasiga kiradi.
Riskka tortilgan aktivlar umumiy summasini hisoblashda har bir aktiv
balans summasini unga tegishli risk (tavakkalchilik) miqdoriga
ko‗paytirishi va tavakklchilik bo‗yicha aniqlangan aktivlar yig‗indisi
orqali topiladi.
2017-yil 1-yanvar holatiga banklarning jami kapitali 2016-yildagiga
nisbatan 20,2 foizga oshib 9,4 trln. So‗mni tashkil etdi va bu umumqabul
qilingan xalqaro me‘yorlar (8%)dan deyarli 3 barobar yuqoridir.
Banklar 2015 – 2019 yillarda sof foydadan ajratmalar ajratish orqali
quyida keltirilgan ko‗rsatkichlardan kam bo‗lmagan miqdorda kapitalni
ko‗paytirishi lozim