ikkinchidan
, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida
mijozlarning pul mablag‗larini hisob varaqlariga qo‗yish va
jamg‗armaga o‗tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar
orqali qat‘iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladi. Qat‘iy belgilangan
qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‗rsatish banklar uchun riskli
hisoblanadi,
chunki
banklar
o‗z
kreditorlari
oldida
olgan
majburiyatlarini to‗liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‗z
aktivlari va passivlarining qiymati o‗zgarishi bilan bog‗liq risklarni o‗z
aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar.
―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunga asosan
O‗zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga
oshiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, turli xilda kreditlar berish,
qimmatli qog‗ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‗ullanish,
bo‗sh turgan pul mablag‗larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga
oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining
asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday
mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko‗rsatishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasida faoliyat ko‗rsatayotgan tijorat banklari va
ularning mulkchilik shakli to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 3-ilovada
keltirilgan bo‗lib, ular turli mulkchilikka asoslangandir.
Odatda, O‗zbekistonda banklar aksionerlik jamiyat ko‗rinishida
tashkil etiladi. Shu bois tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksioner
jamiyat tuzilishiga o‗xshashdir. Aksionerlar bankning ustav fondiga
qo‗shgan hissalariga qarab, bankning majburiyatlariga javobgardirlar.
Aksionerlar bank faoliyatini boshlash bosqichida bankdan bank ta‘sis
qilinganda qo‗shgan hissalarining qaytarilishini talab qilish huquqiga
ega emas (ba‘zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini,
ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining
mablag‗lari, jamoa, birlashmalar va fondlarning mablag‗lari, garov va
kreditga olingan mablag‗lardan foydalanish mumkin emas.
Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi
hisoblanadi. Bu yig‗ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador
korxonalarning rahbarlari ishtirok etadi. Aksiyadorlarning umumiy
yig‗ilishi ko‗rib chiqishga qo‗yilgan masalalar bo‗yicha qaror qabul qi-
lish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ishtirok qilishi lozim.
37
Markaziy banki hukumat banki sifatida davlat muassasalari va tash-
kilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda
mablag‗larni jamg‗aradi va ulardan to‗lovlarni amalga oshiradi, davlat
qimmatli qog‗ozlari bilan operatsiyalarni o‗tkazib turadi, davlatga
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini
xarid qilish tarzida kredit beradi, hukumat idoralarining topshirig‗iga bi-
noan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz
ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan
mablag‗ olish rejalari to‗g‗risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xa-
zina) agenti vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar ekan
(47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda
ko‗maklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan
maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishda vakil si-
fatida ishlaydi, ular bo‗yicha hisob varaqlarni yuritadi, davlat qarz
majburiyatlari bilan bog‗liq boshqa masalalarini hal etishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |