Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Shunday qilib, O‗zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning  birinchi bosqichi



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

 
Shunday qilib, O‗zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning 
birinchi bosqichi,
milliy valyutani muomalaga kiritish uchun iqtisodiy 
asos yaratish va ikki pog‗onali bank tizimining poydevorini qurish 
jarayonlari bilan bog‗liq 1991-yildan 1994-yilgacha bo‗lgan davrni o‗z 
ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yarat-
ish bo‗yicha olib borilgan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi» 
qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga 
o‗tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari 
shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi. 
Ushbu qonunga muvofiq, sobiq SSSR Davlat bankining respublika 
muassasasi asosida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va 
unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizi-
mini vujudga keltirish va to‗lov tizimini shakllantirish vazifalari yukla-
tildi. Iqtisodiyotning turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash 


20
funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklari-
ga berildi. 
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning 
ikkinchi bosqichi
milliy 
valyuta (so‗m) muomalaga kiritilgan va ikki pog‗onali bank tizimining 
huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996-yillarni o‗z ichiga oladi. 1994-
yilda milliy valyuta – so‗mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda 
mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining poydevoriy bosqichi 
hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada 
aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e‘tiborini makroiqti-
sodiy barqarorlikni ta‘minlashga va shu asosda iqtisodiy o‗sish uchun 
qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay 
yangi to‗lov tizimini yaratish bo‗yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar 
Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosa-
batlarini barqarorlashtirish bo‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 1994-
yil 18-martdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‗lib, unda banklarning 
axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‗or 
usullarini respublika bank amaliyotiga qo‗llash orqali bank tizimini 
takomillashtira borish bo‗yicha yo‗l-yo‗riqlar belgilab berildi. 1994-
yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni 
banklarga tatbiq qilish jarayoni boshlandi. 
1996-yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi tizimini 
rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoniga asosan 
bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish 
jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kom-
paniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-
(KRMG)», «Ernest end Yang», «Kupers end Laybrand» kabi kompani-
yalar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. 
Mazkur davrda bank tizimini rivojlantirishning yana bir ahamiyatli 
tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va 
zamon talablariga moslashtirish maqsadida «O‗zbekiston Respublikasi-
ning Markaziy banki to‗g‗risida»gi va «Banklar va bank faoliyati 
to‗g‗risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995-yil 21-dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me‘yoriy tar-
tibga solish qoidalarini belgilovchi «O‗zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‗g‗risida» va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank 
faoliyati to‗g‗risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon 
andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor 
yaratdi. 
29
Oliy Majlis O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va 
lavozimidan ozod qiladi. 
Qonunda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar 
berish bilan bir qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham 
aniq belgilab berilgan. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga tijorat faoliyati bilan shug‗ullanish, muassasa yoki tashki-
lotlarga moliyaviy yordam ko‗rsatish taqiqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar 
faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat 
etilmaydi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗z vakolatlaridan 
foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‗rishi lozim. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish