Konsalting (maslahat) operatsiyalari.
Tijorat banklari o‗zining
mijozlariga va boshqa fond bozorining ishtirokchilariga, aholiga
qimmatli
qog‗ozlarning
muomalada
bo‗lishi,
fond
portfelini
217
shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar bozorini tadqiq qilish va istiqbolini
belgilash, huquqiy maslahatlar berish, kasbiy o‗qitish va o‗rgatish,
qimmatli qog‗ozlarni baholash, axborot xizmatlari ko‗rsatish kabilar
bo‗yicha yordam va maslahat xizmatlarini ko‗rsatadi.
Trast operatsiyalari
. Trast – ingliz tilida ―ishonch‖ degan ma‘noni
bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‗larini
ma‘lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonchga olingan
mablag‗ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi.
Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning
boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‗ynaydi.
Badavlat insonlar tomonidan hali balog‗at yoshiga yetmagan
farzandlari nomiga qoldirilayotgan mulk yoki boyliklarni, ularning
vasiyati bo‗yicha boshqarish muammosining yuzaga kelishi banklarning
trast operatsiyalarini paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Banklar trast
operatsiyasida ushbu mablag‗larni farzandlar balog‗at yoshiga yetgunga
qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar.
Trast operatsiyalari asta-sekin banklarning korporativ mijozlari
bilan bo‗ladigan munosabatlariga ko‗chdi.
Mijoznnig qimmatli qog‗ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir
qismini hamda u bilan bog‗liq bo‗lgan pul mablag‗larini boshqarish ham
tijorat banklarining trast operatsiyalarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirishi tufayli,
birinchidan, qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda
foydalanishi mumkin bo‗lgan uzoq muddatli moliyaviy resurslardan
bahramand bo‗la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‗liq
bitimlarni banklar o‗z mijozlarining shartnomalari asosida amalga
oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi.
Uchinchidan, bank qimmatli qog‗ozlarni boshqarishdan komission
mablag‗lar
olib,
o‗zi boshqarayotgan qimmatli qog‗ozlardan
tushayotgan foydadan o‗z ulushini oladi. To‗rtinchidan, bank o‗z
sarmoyalari bilan emas, balki o‗zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar
o‗tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‗ladi,
asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‗ozlar egasining zimmasida
bo‗ladi.
Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin:
mijozlarning
pul
mablag‗larini
boshqarish,
mijozlarning
fond
portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar paketlarini boshqarish,
meroslar va xususiy mablag‗larni tasarruf etish, agentlik vazifalarini
bajarish, obligatsiyalar chiqarish va to‗lov muddati kelganda,
240
Do'stlaringiz bilan baham: |