«umidsiz» deb
tasniflanadi. Tijorat banki tomonidan ta‘minotga olingan mulkni sotish
orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari
qo‗llanishi lozim.
Tijorat banki sifati «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun
ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi
miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Aktivlarning sifat
darajasiga qarab shakllantirilgan zaxiralarning yetarliligi davriy ravishda
kamida oyiga bir marotaba tahlil qilinishi, zarur hollarda, qo‗shimcha
zaxiralar yaratilishi lozim.
Agar qarzdor bir nechta tijorat bankidan kredit olgan va ularning
birida qaytarilishi lozim bo‗lgan aktivlar sifati eng past toifada
tasniflangan bo‗lsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga
berilgan aktivlar sifatini mazkur toifada tasniflashlari lozim. Aktiv sifati
«umidsiz» deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi
balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar
kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan
chiqarilishi kerak.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‗lmaganda bittasi mavjud
bo‗lishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada
salbiy tasniflash uchun asos bo‗ladi:
-
tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
-
tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va
tekshiruvlarning o‗zgarishi yoki mavjud emasligi;
-
tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo‗yicha
amalda zararlar ko‗rganligi;
-
yirik aktivlarning to‗planishi;
-
nomaqbul
iqtisodiy
yo‗nalish
va
sharoitlar,
xususan,
qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma‘muriy-
hududiy birlikda katta miqdorda to‗planishi;
-
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki
Markaziy bank tomonidan o‗tkazilgan inspeksiya tekshirishlari
natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy
ahvoliga taalluqli boshqa holatlar.
Bunda Markaziy bank belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta
ko‗rib chiqishni va (yoki) qo‗shimcha zaxiralar shakllantirishni talab
qilishi mumkin.
175
varlarini sotadilar va xizmatlar ko‗rsatadilar. Tomonlar tijorat
banklarining mijozlari bo‗lganligi bois ular o‗rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning hisob-kitoblari banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Bu jarayonlarda banklar mijozlari hisobidan zarur hollarda o‗z
mablag‗lari
(kreditlar
berish)
hisobidan
hisob-kitob,
valyuta
operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Banklar o‗z xalqaro operatsiyalarida turli davlatlarning xo‗jalik
subyektlari korxona, tashkilotlari, moliyaviy muassasalari bilan pul
mablag‗larini o‗tkazish va qabul qilish, xalqaro kreditlarni taqdim etish
va olish, valyuta almashtirish, xalqaro qimmatli qog‗ozlarning savdo
sotiqlari va boshqalar bilan shug‗ullanadilar.
Bunday bank operatsiyalari murakkab deb hisoblanib, bank va bank
xodimlaridan
maxsus
tayyorgarlikni
talab
etadi.
O‗zbekiston
Respublikasida tijorat banklari valyuta operatsiyalarni amalga oshirish
uchun Markaziy bankdan valyuta operatsiyalarni olib borishga ruxsat
beruvchi valyuta litsenziyasini olishi lozim. Litsenziya O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining ―Tijorat banklariga chet el
valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish
tartibi‖
asosan
amalga
oshiriladi.
Litsenziya
O‗zbekiston
Respublikasining ―Valyutani tartibga solish to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖ hamda ―Ayrim faoliyat
turlarini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi qonunlariga muvofiq tijorat
banklarining arizasiga ko‗ra, ularning chet el valyutasida operatsiyalar
o‗tkazishga tayyorligidan kelib chiqib beriladi. Tijorat banklarining
litsenziya olish uchun topshirgan hujjatlariga
(Ilova) asosan ularning
valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga tayyorgarlik darajasi O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan talabnomalar
asosida aniqlanadi. Bunda tijorat bankning faoliyati malakaviy (bank
xodimlarining xalqaro iqtisodiy, valyuta, kredit, hisob-kitob va boshqa
xalqaro moliyaviy munosatlar normalarini, xorijiy tillarni bilishi hamda
tajribaga ega ekanligi va boshqa ko‗nikmalar) va texnik talablar (bank
texnik-texnologik va boshqa jihatlardan imkoniyati mavjudligi) jihatdan
o‗rganiladi.
Valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga ruxsat beruvchi