65
Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab
chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlari hajmi 2007 yili salkam 22% ko’paydi. Bu sanoat tarmog’ida o’rtacha
o’sish ko’rsatkichidan ancha ko’pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi 2010
yildagi 31%dan 2014 yilda 56,5% ko’tarildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo’lgan jami aholining 76,5
foizdan ko’prog’i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid
dasturlarni amalga oshirish natijasida 20 mingdan
ziyod yangi kichik biznes
subyektlari tashkil etildi. Ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil
etdi. Bu 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko’pdir. 2014 yilda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.
Mamlakatimizdagi aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
masalalari iqtisodiyoti
agrar yo’nalishida bo’lgan Sirdaryo viloyati uchun o’zgacha kechmoqda.
Agar Samarqand viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
maqsadi nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, aholini ish bilan ta’minlash
hududiy dasturlarida ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar barcha yo’nalishlar bo’yicha va
hududlar kesimida to’liq bajarildi. Yaratilgan ish joylarining asosiy qismi 72,2%
ortiqrog’i qishloq joylariga to’g’ri keladi.
Istiqbolda Samarqand viloyatida mo’ljallangan hudud iqtisodiy siyosatining
bosh maqsadi – viloyat aholisi uchun yetarlicha turmush sharoitlarini yaratish,
ijtimoiy muammolarni izchil hal etishning asosi sifatida
viloyat iqtisodiyotining
uzoq muddatli barqaror o’sishini ta’minlash va shu asosda viloyatning respublika
iqtisodiyotidagi o’rnini mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu asosda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida quyidagilarga e’tiborni
kuchaytirish lozim bo’ladi: kichik biznes subyektlarining
huquqiy muhofazasini
kuchaytirish va ular faoliyatiga boshqaruv organlarining asossiz tarzda
aralashuvini cheklash; qishloq xo’jalik mahsulotlari
va mahalliy xom-ashyo
asosida ishlovchi kichik va o’rta korxonalarni tashkil etish; kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining me’yorda bo’lishini ta’minlash
maqsadida
66
maslahat va axborot markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish, marketing va
reklama xizmatlarini jonlashtirish; tadbirkorlikning dastlabki sarmoyani topishdagi
muammolarini hal etishga ko’maklashish
maqsadida maqsadli va aniq
yo’naltirilgan mikrokreditlar ajratilishini ta’minlash, kredit uyushmalari faoliyatini
rag’batlantirish; tadbirkorlik subyektlari va yirik korxonalar o’rtasida barqaror
kooperasiya aloqalarini rivojlantirish; aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga
jalb etish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish,
oilaviy tadbirkorlikni
rag’batlantirish, pudrat shartnomasi asosida uy mehnatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: