Tadqiqot muammosi
– bu, ijtimoiy ziddiyatlarni hal etish va ularni tartibga solish uchun
turmushning biron bir jabhasini o„rganishga bo„lgan ehtiyojdir.
Umumiy mehnat taqsimoti -
kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari
o„rtasidagi mehnat taqsimoti, bu sohalar orasida esa, sanoat, qishloq xo„jaligi, transport, aloqa, savdo,
xalq ta‟limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o„rtasidagi mehnat taqsimotidir
Xususiy mehnat taqsimoti -
bu umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi
taqsimot.
YOllanma xodimlar –
bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari to„g„risidagi
tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og„zaki bitim bo„yicha ishlaydigan shaxslar bo„lib, ular ana
shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish xaqini oladilar.
Friksion
ishsizlik deyilganda, ishchi kuchining bir ish joyidan boshqa ish joyiga ishga
o„tayotganda ishsiz qolish holatiga aytiladi.
SHaxsning ehtiyoji
– bu, insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning
yo„qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur bo„lsa, xotin-
qizlarga esa ularning ko„zga tashlanib turishi uchun chiroyli bezaklar darkor.
Ehtiyojlar –
bu, shaxsning yashashi va o„zini-o„zi saqlashiga doir zarur vositalar va shart-
sharoitlar yaratish to„g„risidagi g„amxo„rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni
saqlashga intilishdir.
Qadriyatlar
–
bu, sub‟ekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim
maqsadlari to„g„risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi
tasavvurlaridir
.
Qiziqish
– bu, shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo„lish shakli
bo„lib, bu ijobiy his-tuyg„u uyg„otishi mumkin.
Qobiliyat –
bu, xodimda o„ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi,
etarli darajadagi jismoniy kuch-quvvat va chidamlilik, uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu
kabilardir.
Ekstraversiya
– (extra - tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko„rsatib beradiki,
bunda shaxs o„zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi ob‟ektlarga qaratadi, ba‟zan buni o„zining
qiziqishlari, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Etika(ahloq) –
bu, ijtimoiy hayot jarayonida ro„yobga chiqariladigan universal va o„ziga xos
axloqiy talabalar va xulq-atvor normalari tizimidir.
YAgona tarif setkasi(YATS )
– bu, quyi darajadagi ishchilardan tortib tashkilot rahbarlarigacha
bo„lgan barcha xodimlar mehnatining tarifikatsiyasi va unga haq to„lashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |