Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
BIOINJENERIYA VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETI 
«BIOTEXNOLOGIYA» KAFEDRASI 
“SANOAT MIKROBIOLOGIYASI” 
fanidan laboratoriya mashg
ʻ
ulotlarni bajarish uchun uslubiy 
qo
ʻ
llanma 
Urganch-2021 


1-Laboratoriya ishi. 
Mavzu: Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talabalari. 
Talabalar laboratoriya ishlarini bajarishga texnika va yongʻinga qarshi 
xavfsizlik qoidalarini oʻqib oʻzlashtirganlari, hamda maxsus jurnalda roʻyxatga 
olinganlaridan soʻng qoʻyiladi. 
Texnika va yonqinga qarshi xavfsizlik qoidalari talablarini bajarishga 
talabalar shaxsan javobgardilar. Laboratoriyada ishlaganda ular asosiy eʼtiborni 
quyidagi talab va tavsiyalarga qaratishlari kerak: 
1.
Laboratoriya ishlarini bajarishni faqat uslubiy qoʻllanmalar asosida amalga 
oshirish kerak. Qoʻllanmadan chetlashish faqat oʻqituvchi ruhsati bilan boʻlishi 
mumkin. 
2.
Ishni bajarishda talabalar faqat himoyalovchi ustki kiyimlari-xalatlari
boʻlsagina qoʻyiladilar. 
3.
Kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda ularning qoʻlga toʻkilishligiga yoʻl 
qoʻymaslik, qoʻllarni koʻzlarga va yuzga tekkizmaslik kerak. 
4.
Kimyoviy moddalarni taʼmini koʻrishlik man etiladi; moddalarni hidini 
ularning bugʻlarini yoki gazlarini qoʻl bilan yel’ib turib, oʻziga yoʻnaltirib, chuqur 
nafas olmay hidlash mumkin. Ishdan soʻng qoʻllarni tozalab yuvish kerak. 
Laboratoriyada ovqatlanish man etiladi. 
5.
Laboratoriyada faqat etiketkali kimyoviy idishda turgan, nomi maʼlum kerakli 
reaktivlardan foydalanish kerak. 
6.
Ishqor va kislotalar, hamda boshqa oʻyuvchi va zaharli suyuqliklar hajmini 
faqat oʻlchash silindri, avtomatik рiрetka yoki mahsus rezinali рiрetkalarda 
oʻlchashga ruhsat beriladi. 
7.
Suyuqlik quyilayotgan, qizdirilayotgan yoki qaynayotgan idishga yaqin 
engashib qarashlik man etiladi, chunki suyuqlikni sachragan tomchilari yuzga yoki 
koʻzlarga tegishi mumkin. Suyuqlikni zich yo’ilgan idishda qaynatish man qilinadi. 


8.
Yengil uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan, 
kislotali, ammiakli, eritmalarni qaynatish va bugʻlatish ishlari, dietil efiri va boshqa 
erituvchilar bilan ishlash, tahlil qilinayotgan moddalarni yondirish ishlarini faqat 
yoqilgan aktiv ventilyatsiya shkafida (tyaga ostida) bajarishga ruhsat beriladi. 
9.
Yengil yonuvchan moddalar (dietil efir, atseton, sрirt va boshqa erituvchilar) 
bilan ochiq elektr isitish jihozlari yaqinida ishlash man qilinadi. 
10.
Tigellarni mufel shkafidan olishda (mufel shkafida temрeratura 600-700 
o
S) 
mahsus qisqich, tutqichlaridan foydalanish kerak; tigellarni sovutish uchun issiqqa 
va olovga chidamli mahsus joyga quyish kerak. Eksikatorga tigellar faqat 
sovutilgandan soʻng joylanadi. 
11.
Issiq suyuqlik solingan kolba va stakanni olib yurganda nihoyatda extiyot 
boʻlish kerak. 
12.
Laboratoriyada asosan tik turib ishlash kerak; faqat yonqin, sachrash va 
‘ortlash xavfi boʻlmaganda oʻtirib ishlash mumkin. Laboratoriyada yolgʻiz bir kishi 
ishlashi man etiladi. 
13.
Elektr jixozlar bilan ishlaganda, shu jihoz bilan ishlashning barcha qoidalariga 
qatʼiy amal qilish kerak. Elektr tarmogʻiga ulangan uskunani qoʻzgʻatish yoki 
taʼmirlash man etiladi. 
14.
Yoqilib, ishlab turgan jixozlarni nazoratsiz qoldirish qatʼiyan man qilinadi. 
15.
Oʻta xavfli ishlar bajarilganda (yonish, ‘ortlash, issiq va agressiv suyuqliklarni 
sachrash xavfi boʻlsa) organik shishadan yasalgan himoyalovchi toʻsqich, 
koʻzoynak yoki himoyalovchi ekran tutish zarur. 
16.
Gazli gorelkalar bilan ishlaganda, gazning toʻliq yonishi va xonaning 
gazlanmasligini nazorat qilish zarur. 
17.
Shisha idishlar bilan ishlaganda shishali qismi boʻlgan qurilma va jixozlarni 
yiqish va ajratishda quyidagi extiyotkorlik choralariga amal qilish kerak:
- shisha naychalarni рoʻkak tiqinlarga yoki rezinali naychalarga oʻrnatishdan oldin 
ularni suvli glitseringa yoki vazelin moyiga botirib olish kerak. Bunda shisha idish 
sochiq bilan oʻrab ushlanishi kerak. 


- shisha kolbani tiqin bilan yo’ayotganda kolba boʻynining eng yuqori qismidan, 
tiqinga yaqinroq ushlash zarur. Bunda kolba sochiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak. 
18. 
Erituvchilar, 
konsentrlangan 
kislotalar 
va 
ishqorlar 
hamda
boshqa oʻyuvchi suyuqliklar qoldiqlarini kanalizatsiyaga faqat mahsus qayta 
ishlashdan soʻng (neytrallash, haydash, zararlantirish) toʻkish mumkin. 
19. Agar yonuvchi suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalansa, elektr isitish 
jihozlarini oʻchirib, yengil yonuvchi suyuqliklar turgan idishlarni olovdan 
uzoqroqqa olib, yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrish kerak. 
20. Laboratoriyada tartib va tozalikni saqlash zarur. Ish tugagach elektr jihozlar va 
elektr tarmoqi oʻchirilishi shart. Iflos laboratoriya idishlari yuvilib, ish joyi 
tozalanib, qoʻllar sovunlab yuvilib, suv krani yo’ilishi kerak. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish