Innovatsiya-ziyo


demak, xo ‘sh, ya 'ni, masalan, tak



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/109
Sana25.02.2022
Hajmi3,84 Mb.
#464441
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

demak, xo ‘sh, ya 'ni, masalan, tak
kabi so'zlami qaytaraverishga o'rganib qolishadi. “Bir m a’ruzachining 
bir soatlik nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov, -
o'rtoqlar
so‘zi 101 
marta, 
ya ’ni
so‘zi 73 marta, 
demak
so‘zi 60 marta takrorlanganligining 
guvohi bo'lganmiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234 ta ortiqcha, 
“bekorchi” so‘z ishlatilgan-a!”
Nutqning 
ta ’sirchanligi. 
Ma’lumki, 
nutqning 
yuzaga 
chiqishida aniq bir maqsad - tinglovchi va o'quvchi ongi va hissiyotiga 
ta’sir qilish vazifa qilib qo‘yiladi. Shuning uchun ham ta’sirchanlik 
nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va qolaversa, to'g'rilik va 
aniqlik ham, mantiqiylik va tozalik ham tinglovchiga ta ’sir etishga 
qaratilgan bo'ladi. Bu sanab o'tilgan sifatlarda lisoniy omillar birinchi 
planda tursa, ulaming hammasidan foydalangan holda ta’sirchanlik 
keng doirada nolisoniy omillami ham qamrab oladi.
Bu nolisoniy omillar quyidagilar.
birinchidan,
so'zlovchining nutq obyekti haqida yetarli bilimga 
ega bo'Iishi. Masalan, yozuvchi xarakter yaratayotgan ekan, u inson 
fe’l-atvori, psixologiyasi, voqea bo'lib o'tayotgan davr va tarixiy 
sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy holat, personajning gender va kasbiy, yosh va 
etnik xususiyatlari, axloqiy sifatlari haqida yetarli bilimga ega bo'Iishi
65


zarur. Ayrim adiblar shaxsning atigi to ‘rtta temperament xususiyatini 
yaxshi bilmasdan turib, xarakter yaratishga kirishib ketadilar;
ikkinchidan,
nutqi mo‘ ljallanayotgan auditoriya psixologiyasi, 
dunyoqarashi, maqsad va intilishlari haqida keng tasavvurga ega 
bo‘Ushi lozim. Xo'sh, ta ’sirchan nutq deganda qanday nutqni 
tushunmoq kerak?
uchinchidan,
vaziyatni 
to 'g 'ri 
baholab, 
nutqni 
unga 
muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi.
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ulami ishontira olish 
notiqlar oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan. Buning uchim esa, 
yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon 
etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlami 
birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, 
o'zaro bog‘lab, 
tinglovchilarga aw al nutq rejasini tanishtirib, gapni boshlash lozim. 
Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridan. Chunki so'zlash muddati 
oldin e'lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo'lsa, sal oldinroq 
tugatilsa, tinglovchilar zerikmaydi.
So'zlovchining o'z nutqiga munosabati ham mnhim, chunki 
shunday bo'lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin. 
So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi aloqa yaxshi kechadi. Notiq 
fikrlarini o'zi yoki tmglovchilar hayotidan olingan misollar asosida 
isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir o'z fikr-mulohazalarini 
bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi. Nutqning 
grammatik jihatdan 
to 'g 'ri 
tuzilishi, 
ta’sirchan 
iboralaming 
qo'llanilishi ham nutq ta’sirchanligini oshiradi.
Nutqning yordamchi vositalaridan unumli foydalanish uning 
samaradorligini ta'minlaydi. Masalan, nutq orasida yumorga o'rin 
berish, tinglovchilaming ayrimlariga ismini chiroyli aytib murojaat 
qilish, kamtarlik, dadillik va jur'atlilik kabilar shular jumlasidan.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish