10-Mavzu: Xorazmshohlar davlati. Reja



Download 142,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana25.02.2022
Hajmi142,55 Kb.
#463879
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu. Xorazmshohlar davlati.



10-Mavzu: Xorazmshohlar davlati.
Reja. 
1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. 
2. Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv.
3. Ijtimoiy va iqtisodiy hayot. 
Tayanch so‘zlar 
Mahalliy zodagonlarning kuchayuvi, mustahkam hokimiyat, dargoh, devonlar, harbiy-
ma’muriy amaldorlar, Sayf ud-davla, qiniq urug‘i, G‘o‘z qabilalari, Xorazmshoh – Anushteginlar. 
Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar. 
1.Xorazmshohlar davlati haqida umumiy ma’lumot bering. 
2.Xorazmshohlar davlati inqirozining sabablari nimada deb o‘ylaysiz? 
 
Mavzu bo‘yicha foydalangan adabiyotlar ro‘yxati. 
1.Abulg‘oziy Bahodirxon. SHajarai turk. – Toshkent: CHo‘lpon, 1990. 
2.Azamat Ziyo. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2001. 
3.Buniyodov Z. Anushtagin – Xorazmshohlar davlati (1097-1231). A. Ahmad va M. 
Mahmud tarjimasi. – Toshkent, 1998. 
4.Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: 
Akademiya, 2000. 
5.O‘zbekiston tarixi. R. Murtazaeva tahriri ostida. – Toshkent: YAngi asr avlodi, 2003. 
 
1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe 
viloyat hisoblanardi. X asr oxiri – XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va 
uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qo‘laganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga 
harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996 yilda SHimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad 
ikki qismga bo‘linib ketgan davlatni birlashtirib 
xorazmshoh unvoni
oladi va Urganchni o‘z 
poytaxtiga aylantiradi. Ammo, Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar 
davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning 
o‘g‘li Ma’sudga qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi 
Anushteginiy-Xorazmshohlar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. 
Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib chiqishi jihatidan o‘g‘o‘z 
turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjiston (Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk) 
bo‘lgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton hovo‘zlari 
va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko‘tarilgan edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, 
tashtdorlik mansabiga sulton o‘zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtegin 
sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076 yilda Sulton Malikshoh Anushteginni 
Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin Saljuqiylarga tobe bo‘lib hokimiyatni boshqaradi va 
1097 yilda vafot etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097-1128) Xorazm voliysi 
qilib tayinlanadi. 
Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Marvda 
ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach qobiliyatli 
hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin Muhammad Xorazmda 
o‘z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-g‘ayrat sarflagan bo‘lsada, rasman 
Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning 
oliy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum. Tarixiy manbalarda 
Xorazmshohning unvoni 

Download 142,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish