107
UMUMIY XULOSA
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish – juda
jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib,
ushbu muammmoga psixologik-
pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan. Maktabgacha yoshdagi aqli
zaif
bolalarning
nutqini
rivojlantirish
muammosiga
qaratilgan
tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatdi.
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan
barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan
tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini
ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llari,
voistalaridan biri didaktik o‘yinlar ekanligi ta’kidlaganlar. O‘yinda, ayniqsa,
didaktik o‘yin
orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va
malakalarni egallab oladilar, nutqi shakllanadi va rivojlanadi. Bularning barchasi
biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish
zaruriyatini keltirib chiqardi. Biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin
texnologiyalari guruh defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika”
mashg‘ulotlari hamda maxsus guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi
mashg‘ulotlari davomida tizimli tarzda qo‘llanildi. Nutq kamchiliklarni
korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida
guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar
davomida tanlangan maxsus didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llandi.
Bundan
tashqari mazkur didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota-
onalariga taqdim etilib, bolalarning bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi.
Tadqiqotimizning ta’kidlovchi bosqichini amalga oshirish natijasida
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator nutq kamchiliklari ko‘zga
tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni
nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga ehtiyoj tug‘diruvchi
108
omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot
natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni
nutqini shakllanishi orqada
qolishi bilan birga nutqqa ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi
ko‘zga tashlandi. Bolalarda o‘yin davomida diqqatsizliklari, xotira va
kuzatuvchanlikni sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni tushunishni
qo‘pol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi
bizga maktabgacha yoshdagi
aqli zaif bolalarning nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirishga qaratilgan
korreksion –rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ishlab chiqish zarurligini
ko‘rsatdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi tadqiqot natijalari
asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi didaktik o‘yin texnologiyalarini
ishlab chiqish imkonini berdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental tadqiqot
asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur,
tafakkur
operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli
darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini
jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi savollardan
foydalanish, o‘z
fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish
ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar
topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan
ishlash,
taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi
ko‘zga tashlandi. Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual
kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni
namoyish etib, dastlabki va takroriy ta’kidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosda
umumiy ijobiy o‘sish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida
topshiriqni
bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan,
topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qo‘zg‘alish
jarayonlari,
tafakkur
operatsiyalarining
kamchiliklar
bilan
bog‘liq
qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Tadqiqotda
qo‘llanilgan didaktik o‘yin texnologiyalaridan aqli zaif bolalarning nutqini
rivojlantirishda samara berdi va ulardan mashg‘ulotlar
jarayonida foydalanish
mumkin ekanligi tasdiqlandi. Biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif