Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

2


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
Abdusamad hovliga chiqqach, onasini qo‘ltiqladi. Manzuraga bu g‘alati tuyulib, o‘g‘liga 
qarab oldi. Bu holda sira yurmagani uchun xuddi o‘g‘li sudrayotganday tuyulib, qadam 
olishi qiyinlashdi. Abdusamadning yo‘l-yo‘lakay bog‘ ta’rifini qilishidan bildiki, o‘g‘li bu 
yerlarda tez-tez bo‘lib turadi. Ro‘paradan chiqib qolgan bog‘ xizmatchilarining ta’zim 
bajo keltirishi ham uning bu yerdagi mavqeidan darak berdi. Xizmatchilar Abdusamadni 
xo‘jayinning mehmoni sifatida izzat qilisharmidi yoinki bu xonadonning bo‘lajak kuyovi, 
ta’bir joiz bo‘lsa, vallohi a’lam, bo‘lajak hojasi sifatida ehtirom etisharmidi — Manzuraga 
qorong‘i edi. U o‘zicha «o‘g‘limning bu joyga kuyov bo‘lishini xizmatchilar ham bilishar 
ekan-da», deb bir quvondi, ayni choqda «o‘g‘lim shu yerlarda qolib ketsa-ya» degan 
xavotiri uyg‘onib, tashvishlandi. 
Bunday xonadonga o‘g‘lining kuyov bo‘lishini qaysi ona istamaydi? Bundayin saroy, 
bunchalar mol-mulk... Har qadamda xizmatchilarning ta’zim qilib turishi... Xon 
kuyovigagina nasib etuvchi martaba... Bu — ona orzusining ushalishimi? Baxtmi? 
Kimlargadir baxt bo‘lib tuyulishi mumkin. «O‘g‘lim qaerda yursa ham boshi omon bo‘lsa 
bas», deb shukr qiluvchilar bor. Ammo yo‘g‘ida sabr qilib umr kechirgan, borida taltayib 
yashamagan Manzura uchun bu baxt emas. Xorijda yashaydigan qizlarni kelin qilishi 
lozimligini bilganidan beri u tashvish bahrida sarsari suzadi. «Qizil oyoq kelib, qizil 
yuzdan judo qildi», deganlaridek, ikki kelin ikki o‘g‘lini bag‘ridan yulib olajagini o‘ylasa, 
vujudi muzlab ketadi. 
Asadbek qimorga ketib, o‘zi joynamoz ustida o‘tirib Ollohga munojot etib tong ottirgan 
kezlari eriga insof so‘ragan ekan-u, farzandlarim ulg‘ayishganida bag‘rimdan yulib olma, 
demagan ekan... Agar hozir g‘oyibdan ovoz kelib, «O‘g‘illaringning mol-dunyo dengizida 
cho‘milib yashaganlari durustmi yo bir burda nonga qanoat qilib bag‘ringda umr 
kechirganlari yaxshimi» deb so‘rasa, u shak-shubhasiz, ikkinchisini tanlagan bo‘lardi. 
Manzura ko‘r emas, kar ham emas, dunyoning odam zotiga vafo qilmasligini ko‘rib, 
eshitib turibdi. 
Yonida borayotgan o‘g‘li tilida bog‘ ta’rifini qiladi. Dilida esa boshqa gap. Onaning sezgir 
qalbi buni sezadi. O‘g‘li «Qizlar sizga yoqdimi?» deb so‘ramoqchi bo‘ladi. Lekin yigitlik 
g‘ururi bu savolning tilga ko‘chishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ota bilan o‘g‘il orasida hayo pardasi 
bo‘lguvchi edi. Har qanday o‘g‘il ko‘p hollarda otaga aytmoqchi bo‘lgan dardini ona orqali 
yetkazardi. Hattoki ma’lum damlarda o‘g‘ilning sirdoshi ota emas, aynan ona bo‘lishi 
ham hech kimga sir emasdir. Asadbek o‘g‘illarini o‘z yumushlaridan uzoqroq tutishga 
harakat qilib, farzandlarining ruhiy olamidan ancha yiroqlashganini o‘zi ham sezmay 
qolgan edi. Barcha oiladagilar kabi bu xonadon o‘g‘illari onaga yaqin bo‘lsalar-da, 
Abdusamad hozir arzimas tuyulgan savolni onasiga berolmay qiynalardi. Manzura o‘g‘lini 
bu qiynoqdan qutqarish uchun o‘zi muddaoga yaqinlashmoqchi bo‘ldi: 
— Qizlar bilan... birga o‘qiysizlarmi? 
— Yo‘q... Ular ham o‘qishadi, lekin boshqa sohada. Bizga doktor Xudoyor ustozlar. 
Biofizikadan... 
— Buni bilaman. 
— Bizni doktor Xudoyor tanishtirganlar. 
— Boyligiga uchdinglarmi? 
Manzura «otang ham kambag‘al emas edi-ku?» degan ohangda gapirdi. Abdusamad bu 
ohangni sezib, yerga qaradi. 
— Oyi... ular yaxshi qizlar... Hali gaplashib ko‘rasiz... 
— Men yomon deyayotganim yo‘q... Popukdakkina ekan ikkoviyam... Lekin... shu yerda 
qolib ketasanlarmi, deb jonim halak, bolam. Men... ayriliqqa chiday olmasam kerak... 
Abdusamad yig‘lamsiray boshlagan onasini yelkasidan quchdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish