Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
bo‘lmasa bir harakat bilan o‘ch olishga intilar edi. 
Hovliga bog‘lab qo‘yilgan it hech mahal «Hojam o‘lsa shu uyga xo‘jayin bo‘laman», deb 
orzu qilmagani kabi Shomil g‘ilay ham «Hosilboyvachchadan keyin uning mulki menga 
qoladi», deb fikrlamagandi. Agar birov «Hojang yaqinda itday o‘lim topadi, 
tayyorgarligingni ko‘rib qo‘y», deb bashorat qilsami, bir oyli chaqaloqning kallasiday 
keladigan mushtdan tatib ko‘rishi tayin edi. G‘ilayning shu xayolda yurmagani ham 
Kesakpolvonning baxtidan. Agar mulkka egalik hissi uyg‘onsami, bu tuyg‘u jon 
achchig‘iga nisbatan qudratliroq bo‘lar, oqibatda uni uncha-buncha zanjir jilovlay olmas 
edi. G‘ilay qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda, gardanidagi og‘riqdan azoblanib yotganida 
hojasini ko‘z qiri bilan ko‘rib, nima qilishini fikrlagan, o‘zining chorasizligiga amin bo‘lgan 
edi. 
Keyingi kunlar ichi Hosilboyvachcha g‘olib odamning qadamlari bilan odimlay 
boshlaganida G‘ilayning shum ko‘ngli bir noxushlikni sezgan, uni yo‘ldan qaytarishni 
xayol ham qilgan, ammo hojasi o‘zgalarning maslahatiga yurmasligini bilgani uchun tilini 
tiygan edi. U buyruqni bajaruvchi so‘qir jangchi edi, uzoqni ko‘ra oladigan basir sarkarda 
emasdi. 
Mashina Hosilboyvachchaning darvozasi qarshisida to‘xtaganida Kesakpolvon 
«Tushaver» degan ma’noda G‘ilayga qaradi. G‘ilay o‘rnidan darrov jilmadi. Bir necha 
soat ilgari bu ostonadan mag‘rur holda bosib chiqqan odamning endi bu uyga mutlaq 
qaytmasligi uning qalbini eza boshladi, demak yolg‘ondir. Qalbi ezilmasa-da, bu uyning 
hojasiz qolgani uning uchun noxush edi. Hozir mashinadan tushishi kerak. Hovliga kirib 
«kennayi!» deb chaqiradi. (Hosilboyvachcha ham, xotini ham o‘zidan ancha kichik 
bo‘lishsa-da, hojasining hurmatini qilib, «kelin» emas, «kennayi» derdi). Hojasining 
(endi sobiq hojasining) zavjasi chiqqach, «Akam safarga ketdilar», deydi. Bunaqa hol 
ko‘p bo‘lgan. Shu sababli ayol «qayoqqa ketdilar, qachon keladilar?» deb so‘ramaydi. 
G‘ilay uchun shunisi durust. 
Kesakpolvon bir necha nafasgina taraddudlangan G‘ilayning yelkasiga «tusha qol» degan 
ma’noda asta turtdi. G‘ilay unga bir qaragach, mashina eshigini ochdi. Kesakpolvon 
qo‘liga to‘pponchani oldi. 
Mashina bilan uy orasidagi masofaga qil ko‘prik tortilgan, G‘ilay shu qil ko‘prik ustidan, 
langar cho‘psiz borardi. Sal og‘sa o‘lim jariga qulaydi. Kesakpolvon gardaniga urib 
o‘tirmaydi, tepkini bosa qoladi. G‘ilay buni bilgani uchun ham oshiqcha harakatdan o‘zini 
tiydi. Hojasi qonga belangan, ikki bukilgan holda mashina yukxonasida yotibdi. 
Asadbekning mulkiga ega chiqqan holda mag‘rur qaytmoqni xayol qilgan odam chorasiz, 
bir janozaga, bir kafanga, ikki quloch yerga zor yotibdi. Kafansiz, janozasiz ketishi aniq, 
ikki quloch yerga ega bo‘lishi esa Kesakpolvonning «marhamati»ga bog‘liq. U marhamat 
qilsa, qabristonga tashlab o‘tadi. Go‘rkov egalari unutgan biron eski qabrga joylaydi. 
Oqibatda biron kampirmi yo cholningmi suyaklari yonida uning jasadi ham chiriydi. 
Qutlug‘ tabiatli shoh Jamshid bir buloq boshidagi toshga shunday bitik yozdirgan ekan: 
Bul chashmaga bizdek baso lab urdilar, 
Keldilar bir lahza, so‘ng ko‘z yumdilar. 
Oldilar dunyoni mardlik, zo‘r bilan, 
Eltmadilar, qoldilar bir go‘r bilan... 
Haqiqat shulkim, hech kim mulkini orqalab o‘zi bilan u dunyoga olib ketmagan. Shoh 
Jamshidday zot mulkini go‘riga elta olmaganidan keyin Hosilboyvachchaga yo‘l bo‘lsin! 
Shohning-ku, o‘z go‘ri bor edi. Hosilboyvachchada shu ham yo‘q. Birovning qabridan joy 
tekkaniga ham shukr qilsa bo‘lar. 
Qil ko‘prikdan borayotgan G‘ilay ham, uning har bir harakatini kuzatayotgan 
Kesakpolvon ham bularni o‘ylashmaydi. Birining maqsadi yangi hojalari bilan «yaxshi 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish