Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

III b o b
1
...Bir dengizchidan «Ahvol qanaqa?» deb so‘rashsa, «Kayfiyatlar a’lo, cho‘kyapmiz», 
degan ekan... 
Hamdam Tolipovning alam bilan aytgan bu gapi Zohidning yarador qalbini tirnab, azob 
berdi. Hamdam shu gapni aytmasa ham Zohid botqoqqa botayotganini sezib turardi. 
Dengizchi kayfiyatining a’lo bo‘lishiga asos bor — har qalay, toza suv bag‘ridan makon 
topadi. Ular-chi? Qo‘lansa botqoqdanmi? Nahot botqoqdan qutulishning iloji bo‘lmasa? 
Zohid shu botqoqda chirimoq uchun ilmdan voz kechib shu yo‘lga kirganmidi? 
Cho‘kayotgan odam «tirik qolarmikinman» degan umidda xasga ham tirmasharkan. 
Zohidning ko‘ziga ba’zan o‘sha xas ham ko‘rinmay ketadi. Ana shunday holda u dono bir 
maslahatchiga muhtojlik sezadi. Unga kim dono maslahat bera oladi? Otasimi, onasimi? 
Dardini ularga aytsa, javoblari tayin: «Qo‘y o‘g‘lim, shu ishingni yig‘ishtira qol, bu 
sohada kim baraka topibdiki, sen topsang...» Ularning eng dono maslahatlari shu. Yo 
ilmdagi ustozi Habib Sattorovich to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadimi? Uning aytadigan gapi: «Sen 
ilmga xiyonat qilding, endi xiyonatchi sifatida jazo topyapsan...» Balki Hamdam Tolipov 
qalb yarasiga malham qo‘yar? Uning maslahati ham aniq: «Shartta ushlash, shartta 
qamash, shartta otish kerak! Dasturxonchi xotinga o‘xshab hammaning ko‘ngliga qarab 
ish tutilsa, hech nimaga erishib bo‘lmaydi...» Hamdam shunga o‘xshash maslahatini 
beradi-yu unga amal qilinmasa, bir-ikki so‘kib, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Bu sohada 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
Zohidga jo‘yali maslahat bera oladigan odam — mayor Soliev. 
Zohid Hamdamdan ilmoqli gap eshitib, qalb yarasi tatalangach, o‘zining yog‘iga o‘zi 
qovrilib yurdi. Xayolning ming bir ko‘chasiga tentirab kirib, dovdirab chiqdi. Oxiri mayor 
Solievni topib, dardini aytdi. Bu sohada turli nayranglarga duch kelaverib pishib ketgan 
mayor shogirdining gaplarini diqqat bilan eshitib, sukutga toldi. 
Zohid «bu sukut fikrlarimning tasdig‘i alomati» degan xayolga borib, tasdiqni til bilan 
ifoda etilishini, ya’ni «To‘g‘ri, ularga ishonma, barchasi nayrangboz, tovlamachi», 
deyilishini kutib, yonmoqqa, yonmoq nima ekan, portlamoqqa tayyor edi. Picha fursat 
o‘tgach, yonmasligi ham, portlamasligi ham ayon bo‘ldi — mayor u kutmagan gapni 
aytdi: 
— Xulosa chiqarishga shoshilma, — dedi u vazmin ohangda. — Balki yuqoridagilar bir 
narsani o‘ylashgandir. Sen bilan biz bir qo‘rg‘onga duch kelganmiz, uni egallashga 
qurbimiz yetmaydi. Alam qiladigan yeri shuki, bu qo‘rg‘onni ko‘z oldimizda tiklashdi. 
Ayrim birodarlarimiz ularga dastyorlik qilib, «Mana bu yerini mustahkamroq qiling», deb 
maslahat berishgani uchun ham bizning bu qo‘rg‘onga hujumimiz betonga kesak otgan 
bilan barobar bo‘ladi. Bu qo‘rg‘onni olish uchun mo‘ljalga aniq uruvchi zambaraklar 
kerak. Bizga o‘xshagan piyodalar ishni buzishi mumkin. Balki qo‘rg‘onlarining mutlaq 
bexavotir ekaniga to‘la ishonishlari uchun ularga sharoit yaratib berishmoqchidir. Agar 
ularda shunday ishonch qat’iylashsa, ziyrakliklari susayar, qo‘rg‘onni bir hamla bilan 
olish imkoni yaralar?.. 
— O‘h-ho‘... — dedi Zohid, hafsalasi pir bo‘lib. — Gapga ham to‘n kiydirvordingiz. Siz 
aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, 
keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz. 
— Atom bomba ta’sir qilmasa, vodorod bomba bor, neytron bomba bor, — dedi mayor 
Soliev hazil ohangida. Mayor kamdan-kam hollarda hazillashardi. Hozir shogirdini tutab 
turganini ko‘rib, atayin gap maromini hazil ohangiga burgan, shu orqali tarang tortilgan 
asab torlarini sal yumshatmoqchi edi. Lekin uning bu makri ish bermadi. 
— Maqsud aka, aytayotgan gaplaringizga o‘zingiz ham ishonmayapsiz. Mening o‘rnimda 
bo‘lganingizda nima qilardingiz? 
— He, jo‘jaxo‘roz, — dedi Soliev, endi erkalash ohangida, — sening holingga men ko‘p 
martabalab tushganman. 
— Har safar shunaqa chekinganmisiz? 
— Chekinmaganman, sabr qilganman. Chekinish boshqa, sabr boshqa. «Sabrliga tog‘lar 
egar boshini», degan maqolni eshitmaganmisan? 
Zohid mayorni tushunmadi. Hamisha adolat uchun kurashib kelgan odamning bu gaplari 
sabr emas, chekinishdan dalolat edi. Odam suyanib, panoh topishni mo‘ljal qilgan qoya 
tosh emas, nurab, yiqilay deb turgan paxsa devor ekani ma’lum bo‘lgach, qanday holga 
tushadi, tasavvur qilib ko‘ring-a? Zohid shu holga tushib, yanglishgan edi. Chunki Soliev 
vazirlikka chaqirilganini, Asadbekka aloqador ishlarga aralashmay turish haqida topshiriq 
olganini unga aytmadi. Soliev dastlab sukut saqlaganida shu topshiriqni o‘ylagan edi. 
Ikki yuqori idoradan bir xilda topshiriq bo‘ldimi, bu demak, masala Asadbeklar foydasiga 
hal etilish jarayonida emas. Yuqoridagilar qandaydir rejani pishitishgan. Ishga halal 
bermaslikni so‘rashdimi, demak, bajarish shart! Solievga ham «Vaqti kelganda bu ishga 
sizni jalb etamiz», deyishdi. Demak, sabrdan o‘zga yo‘l yo‘q. Agar Zohidga o‘xshab 
«beton devorga kesak otaveraman», desa, iste’foga chiqishni taklif etishlari turgan gap. 
Soliev shogirdiga yana nasihatlar qilib, uning popugini bir oz pasaytirmoqchi bo‘ldi. Lekin 
qalb yarasiga malham qo‘ya olmadi. Malhamni ikki kundan keyin yana o‘sha hamkasb 
yigit — Said Qodirov qo‘ydi. 
Zohid oxirgi uchrashuvdan so‘ng endi uni anchagacha ko‘rmasam kerak, deb o‘ylagan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish