G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

20-rasm. Rostlash-bukish refleksi 
 
21-rasm. Tizza refleksining sxemasi 
Rostlash reflekslari, bukish reflekslari kabi fazali va tonusli bo‗ladi, rostlovchi-
mushaklarning proprioreseptorlaridan hosil bo‗ladi, monosinaptik hisoblanadi. 
Bukish refleksi bilan bir vaqtda boshqa oyoqning rostlash refleksi bo‗ladi.
Fazaviy reflekslar mushak reseptorlarini bir marta qo‗zg‗atishga javoban paydo 
bo‗ladi, masalan, tizza kosasidan pastroqdagi to‗rt boshli mushakning payiga 
urilganda paydo bo‗ladi. Bunda to‗rt boshli mushakning qisqarishi natijasida tizzani 
rostlash refleksi (bukuvchi mushaklarning motoneyronlari bukish refleksi vaqtida 
tormozlanadi – Renshou oraliq tormozlovchi hujayralar yordamidagi postsinaptik 
resiprok tormozlanish) paydo bo‗ladi. Tizza refleksining reflektor yoyi 2-4 bel 
segmentlarida tutashadi. Fazaviy rostlash reflekslari bukish reflekslari kabi yurish 


59 
aktini bajarishda qatnashadi.
Tonusli rostlovchi reflekslar - rostlovchi mushaklar payining uzoq vaqt 
cho‗zilgan vaqtidagi ular qisqarishidir. Ularning roli — pozani ushlab turishdir. Tik 
turgan paytda rostlovchi mushaklarning tonusli qisqarishi natijasida pastki oyoqlar 
bukilmaydi va tana tabiiy vertikal holatda turadi. Mushaklarning tonusli qisqarishi 
gavdani vertikal holda ushlab turadi, odamning gavdasi tik turadi. Mushaklar 
cho‗zilganda (bukish va rostlash) paydo bo‗ladigan tonusli reflekslar miotatik 
reflekslar ham deyiladi.
Poza reflekslari — tana yoki uning ayrim qismlarining holati o‗zgarganida 
paydo bo‗ladigan mushak tonusining qayta taqsimlanishidir. Poza reflekslarida 
MATning turli bo‗limlari qatnashadi. Orqa miya darajasida umurtqa bo‗yin 
reflekslari tutashadi, buni gollandiyalik fiziolog R.Magnus (1924) mushuklarda 
o‗tkazgan maxsus tajribalarida aniqlagan. Boshni qayirgan paytda egilganida hosil 
bo‗ladigan ushbu reflekslarning 2 ta turi ma‘lum. Boshni pastga egganda oldingi 
oyoqlarning bukuvchi mushaklarining tonusi va orqa oyoqlarning rostlovchi 
mushaklarining tonusi ortadi, natijada oldingi oyoqlar bukiladi, orqa oyoqlar esa 
rostlanadi. Boshni yuqoriga ko‗targanda esa aksincha – oldingi oyoqlar ularning 
rostlovchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli rostlanadi, orqa oyoqlar esa 
ularning bukuvchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli bukiladi. Ushbu reflekslar 
bo‗yinning proprioreseptorlaridan va umurtqa pog‗onasining bo‗yin bo‗limini 
yopadigan mushak pardasi (fassiyalar)dan hosil bo‗ladi. Bu hayvonlarni tabbiy tutgan 
vaqtlarida ular boshining tepasi yoki pastidagi ovqatni izlash imkonini beradi.
Bo‗yinning pozali reflekslarining 2-guruhi o‗sha reseptorlarning o‗zida, faqat 
boshni chap yoki o‗ngga burganda, paydo bo‗ladi. Ikkala oyoq-qo‗lning rostlovchi 
mushaklarining tonusi bosh qayrilgan tomonda oshadi, va bukuvchi mushaklarning 
tonusi qarama-qarshi tomonda oshadi. Refleks gavda holatini buzishga qaratilgan, uni 
boshni qayirgandan so‗ng og‗irlik markazining holatining o‗zgarishi natijasida buzish 
mumkin. Og‗irlik markazi bosh qayrilgan tomonga o‗tadi – aynan ana shu tomonda 
ikkala oyoq-qo‗lning rostlovchi mushaklarining tonusi ortadi.


60 
Ritmik reflekslar — oyoq-qo‗llarni ko‗p marotaba bukish va rostlash. Bunga 
baqaning artinish refleksi, itning qashish va qadam tashlash reflekslari misol bo‗ladi.
Artinish refleksining mohiyati shundaki, spinal baqaning bel terisiga kislota surtilsa 
u bir necha bor o‗sha yerni ishqalaydi, ya‘ni uni olib tashlashga harakat qiladi. It 
tanasining terisi kuchsiz qo‗zg‗atilsa u orqa oyog‗i bilan ana shu uchastkani 
qashiydi. Qashish refleksi — baqaning artinish refleksining analogi. Spinal it tasma 
yordamida stanokka osib qo‗yilsa u qadam tashlaydi – qadam tashlash refleksi.
Qorin reflekslari (yuqori, o‗rta va pastki) ni chaqirish uchun qorin terisi shtrixli 
qo‗zg‗atiladi, qorin devori muskulaturasining tegishli uchastkalari qisqaradi. Bular 
himoya reflekslari. Yuqori qorin refleksini chaqirish uchun pastki qovurg‗alarga 
parallel qilib bevosita ularning tagidan qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi orqa miyaning 
ko‗krak segmentlari darajasida tutashadi. O‗rta qorin refleksi uchun kindik atrofi 
(gorizontal) qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi o‗z darajasida tutashadi. Pastki qorin refleksi 
uchun chov burmasi parallel (yonida) qilib qo‗zg‗atiladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish