G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

1.4. Asab to‘qimasining tuzilishi 
Asab tizimini tashkil qilgan asosiy to‗qima 
asab to‘qimasi
hisoblanadi. Uning 
boshqa tirik to‗qimalardan farqi ularda hujayralararo moddaning bo‗lmasligidir.
Asab to‗qimasi ikki xil tipdagi hujayralar – 
neyron
va
gliya hujayralaridan
tashkil topgan. Neyronlar markaziy asab tizimining axborotni qabul qilish, qayta 
ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni ta'minlaydi. Neyronlar 


30 
yordamida organizmning tashqi va ichki qo‗zg‗atishlarga javob reaksiyalari (refleks) 
shakllanadi. Ularning soni odam organizmida 10
11 
taga yetadi. Neyrogliya hujayralari 
ko‗p funksiyali, ya‘ni ular tayanch, himoya, trofik va b. vazifalarni bajaradi.
Neyron noto‗g‗ri shakldagi tana yoki somadan tuzilgan bo‗lib, unda axborot 
qayta ishlanadi. Ko‗plab neyronlarning somasida bir nechta yadrochalari bo‗lgan 
anchagina yirik yadro va boshqa organellalar bo‗ladi (6-rasm).
Istalgan neyron, qaerda joylashganligi va vazifasidan qat'iy nazar, boshqa 
hujayra singari hujayrani ajratib turadigan 
plazmatik membranaga
ega. Neyron 
boshqa neyronlar bilan o‗zaro ta‘sirlashganida yoki muhitdagi o‗zgarishlarni 
sezganida, ularni membrana va undagi mexanizmlar yordamida bajaradi. Neyron 
membranasi organizmning boshqa hujayralarining membranasiga qaraganda ancha 
pishiq.
Plazmatik membrana o‗rab olganlarining barchasi (yadrodan tashqari), 
sitoplazma deyiladi. Bu yerda neyronni yashashi va vazifasini bajarishi uchun zarur 
bo‗lgan sitoplazmatik organellalar joylashgan. 
Mitoxondriyalar
hujayrani energiya 
bilan ta‘minlaydi.
Mikrotrubkachalar 

ingichka tayanch strukturalar 

neyronga 
ma‘lum bir shaklni berish uchun kerak. Hujayrani faoliyati uchun zarur bo‗lgan 
kimyoviy moddalar tarqaladigan ichki membrana kanallarining tarmog‗i 
endoplazmatik retikulum deyiladi.
Endoplazmatik retikulum
ning ikki turi uchraydi: «donador» va «silliq». 
Donador (granulyar) EPR membranasida ribosomalar ko‗p bo‗ladi, ribosomalarda 
hujayra uchun zarur bo‗lgan oqsillar sintezlanadi. Plazmatik retikulumning ikkinchi 
turi 

silliq (Goldji apparati ham deyiladi) hujayra sintez qilgan moddalarni maxsus 
―qopchalar‖ ga (silliq retikulum membranasidan tuzilgan) joylaydi. Ushbu 
organellaning vazifasi sekretlarni hujayra yuzasiga olib chiqishdir.
Sitoplazma o‗rtasida 
yadro 
joylashgan, unda ham boshqa yadroli hujayralar 
singari genlarning kimyoviy strukturasida kodlangan genetik axborot saqlanadi. Ana 
shu axborotga muvofiq to‗liq shakllangan hujayra ushbu hujayraning shakli, ximizmi 
va funksiyasini belgilaydigan o‗ziga xos moddalarni sintezlaydi. Biroq, yetuk 


31 
neyronlar boshqalardan farqli ravishda, bo‗linmaydi. Shuning uchun istalgan 
neyronning genetik shartlangan kimyoviy elementlari neyronning butun umri 
davomida uning funksiyalarini saqlashi va o‗zgarishini ta'minlashi kerak.
Yadrochalar hujayrani ribonuklein kislotalari va oqsillar bilan ta‘minlashda 
qatnashadi.
Neyron somasidan ko‗plab shoxlangan qisqa o‗simtalar – 
dendritlar 
(bitta 
hujayrada 1000 dendritgacha) va uchki qismi shoxlangan bitta ancha qalin va uzun 
(1,5 m gacha) –
akson
chiqadi. Dendritlar neyronning kirish yo‗li bo‗lib xizmat 
qiladi, bu yerdan signallar asab hujayrasiga o‗tadi. Neyronning chiqish joyi asab 
impulslarini keyingi hujayra yoki ishchi a‘zoga (mushak yoki bezga) uzatadigan 
akson hisoblanadi. Neyronning somasi va dendritlarning mielin qobig‗i bo‗lmaganligi 
sababli, ular kulrangda bo‗ladi, mielin qobig‗i bilan qoplangan aksonlarning bir 
to‗dasi esa miyaning oq moddasini tashkil qiladi. Mielin qobig‗i somadan birmuncha 
masofadan boshlanadi, aksonning ―ochiq qolgan‖ uchastkasi esa 
akson tepaligi 
deyiladi. Aynan shu yerda aksondan keyingi asab yoki muskul hujayrasiga 
uzatiladigan elektrik impuls hosil bo‗ladi. Bundan tashqari mielin qobig‗i yaxlit 
emas, ma‘lum bir oraliqlarda bo‗linadi. Bunday bo‗lingan joylar 
Ranv’e bog‘ini
deyiladi. Faqat shu yerda asab tolasi hujayra tashqarisidagi suyuqlik bilan tutashadi. 
Shuning uchun sut emizuvchilarning asab tizimida tarqalayotgan asab impulsining 
to‗lqini bir tekis emas, balki bitta bo‗g‗indan ikkinchisiga sakrab-sakrab (saltator) 
o‗tadi, bu esa impuls tarqalishini tezlashtiradi (11-rasm). 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish