ARPANet
tajriba tarmog`i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga
o`zgartirdi. Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlari bor tarmoq bilan ishlash
qobiliyatiga egaligidir. Keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib,
Internet
ning qismi sifatida ishlatila boshlandi.
1977 – yil tarmoqlar tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki student
Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir – biriga
ma’lumot jo`natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chiqagoning sovuq qishi
edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada,
butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg`a qilishdi. 1979 – yil XModem – protoqoli yaratilib, fayllarni
to`g`ridan to`g`ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo`ldi.
80-yillarda kompyuter tarmoqlari keng tarqala boshladi. Xar xil AQSh universitetlari ham
o`z kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar.
1983 yildan boshlab ARPANET tarmog`i INTERNET ( ichki tarmoq) deb nomlana
boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to`plami sistemasiga aylandi.
ARPANET aloqa tarmog`i NCP protokolidan TCP/IP protokoliga 1983 yilning 1
yanvarida o`tkazildi va shu kungacha muvaffaqiyatli ishlatib kelinyapti. Aynan 1983 yildan
boshlab «Internet» atamasi ARPANET aloqa tarmog`igiga aloqador bo`lib qoldi.
Domen nomlarini o`z ichiga olgan sistema 1984 yilda ishlab chiqildi (ingl. Domain Name
System, DNS).
1984 yilda ARPANET tarmog`ining jiddiy raqibi paydo bo`ldi: AQSH Milliy ilmiy fondi
(NSF) yangi keng universitetlararo tarmoq- NSFNetni (angl. National Science Foundation
Network) tashkil etdi . Bu tarmoq kattaroq o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lib, bir nechta
mayda tarmoqlarni birlashtirar edi (Usenet va Bitnet). Bir yil davomida yangi tarmoqqa 10
mingdan ortiq kompyuterlar ulandi va "internet” so`zi asta-sekin NSFNet deb atala boshladi.
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida
internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o`rnatish ishlari ancha osonlashdi.
1989 yilda Yevropada yadroviy izlanish Yevropa ittifoqi (SERN) tomonidan ajoyib g`oya
– Butunjaxon o`rgimchak to`rini tashkil etish g`oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik mashxur olim
Tim Berners-Li taklif etdi va o`zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML tilini va URL
identifikatorini ishlab chiqdi.
Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining maqsad va
vazifalarini tushuntirib shunday degan: Barcha buyuk kashfiyotlarning tarixi ulardan oldin shu
sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o`rgimchak to`ri misolida (WWW)
muvaffaqiyatga erishish omili bo`lgan ikki narsaga to`xtalib o`tish joizdir
1.
gipermatnlarga o`xshash sistemalarning rivojlanish tarixi.
2.
butun jaxon kompyuterlari tarmog`ini xaqiqatga aylantirgan Internet-protokol.
1990 yilda ARPANET aloqa tarmog`i NSFNetga yo`l berib o`z faoliyaini butunlay
to`xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd etildi.
1991 yilda Butunjaxon o`rgimchak to`riga Internet orqali chiqish xamma uchun mumkin
bo`lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur Mosaic deb nomlangan veb- brauzer paydo bo`ldi.
Butunjaxon o`rgimchak to`ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web tarihida ikkita davrni
ko`rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic brauzeridan oldingi davr va u paydo
bo`lgandan keyingi davr.
Aynan Tim Berners-Lining veb- protokoli va Mark Andrissenning Mosaic brauzeri
birgalikda Veb ga bo`lgan qiziqishni kuchaytirdi va portlash effektini berdi. 24 oy davomida hech
kim tanimaydigan Web olimlar va soha mutaxassislari doirasidan chiqib butun jahonga tarqaldi.
1995 yilda NSFNet yana avvalgi ilmiy izlanishlar vazifasiga qaytarildi, Internet trafigining
marshrutlanishi bilan esa avvalgidek Milliy ilmiy fondning superkompyuterlari emas, balki aloqa
provayderlari shug`ullana boshladilar.
Xuddi shu 1995 yildan boshlab Butunjaxon o`rgimchak to`ri Internetga axborot yetkazib
beruvchi asosiy manbaga aylandi va fayllarni uzatib beruvchi FTP protokoloni trafik bo`yicha
quvib o`tdi. Butunjaxon o`rgimchak to`rining (W3C) Konsorsiumi tashkil etildi.
1990-yillarda Internet barcha aloqa tarmoqlarini birlashtirdi (faqatgina Fidonet dan
tashqari). Birlashma rahbariyat yo`qligi va texnik standartlarning ochiqligi tufayli jalb etuvchi
kuchga ega bo`ldi. U biznesdan va turli hildagi kompaniyalarning ta`siridan xoli bo`lib, 10
milliondan ortiq kompyuterlarni birlashtirdi. 1997 yilga kelib 1 million domen nomlari ro`yxatga
olindi. Internet aloqa almashinishning mashhur va qulay vositasiga aylandi.
2011 yilning 3 iyunida BMT tomonidan rezolyutsiya qabul qilinib, unda internetdan
foydalanish insonning asosiy huquqlaridan biri deb qayd etildi. Shunday qilib jahonning qaysidir
hududlarida internetning o`chirib qo`yilishi inson huquqlarining buzilish holati hisoblanadi.
2010 yilning 22 yanvaridan boshlab Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji ham Internetga
ulanish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Internetning eng ommabop va mashhur hizmatlarini eslatib o`tamiz: Butunjaxon
o`rgimchak to`ri, Veb-forum, Bloglar, Viki-loyihalari (masalan Vikipediya), Internet-magazinlar,
Internet-auksionlari (kim oshdi savdosi), Ijtimoiy tarmoqlar, elektron manzillari va jo`natish
ro`yxati, yangiliklar guruhi (Usenet), faylalmashinuvchi tarmoqlar, elektron to`lovlar xizmati
sistemalari, Internet-radio, internet-televideniyesi IPTV, IP-telefoniya, messendjerlar, FTP-
serverlari, IRC (web-chatlar), izlash sistemalari, internet-reklama, masofadagi terminallar,
masofadan boshqarish, o`yinlar.
Kompyuter tarmog`i – alohida joylashgan kompyuterlar o`rtasida ma’lumotlar almashuvini
tashkil etuvchi jixozlar va dasturiy ta`minotlar majmuasi (o`rtadagi masofa bir necha metrdan
minglab kilometrgacha bo`lishi mumkin).
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot
uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Markazlashgan boshqaruvli tarmoqda bir yoki undan ortiq ajratilgan kompyuterlar
(serverlar) bo`lib, ular tarmoq bo`yicha ma’lumotlar almashuvini boshqaradi (qolgan
kompyuterlarni ishchi statsiyalari deb ataladi). Bir xil rangli tarmoqda esa ajratilgan kompyuter
bo`lmaydi (bunda boshqarish funksiyasini ishchi stansiyalarlarda biri yoki ular navbati bilan
bajaradi).
Kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti – alohida joylashgan kompyuterlar o`rtasida
ma’lumotlar almashuv funksiyasini bajaruvchi dasturiy majmua. Xozirgi vaqtda kompyuter
tarmog`ining dasturiy ta`minoti operatsion sistemaning tarkibi qismi sifatida kiritilgan (ular
alohida o`rnatilishi ham mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |