MA`RUZA MASHG`ULOTLARI
1-MAVZU. “SOHAGA KIRISH” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA
METODI.
TO`QIMACHILIK SANOATINI TARIXI VA RIVOJLANISHI.
Reja:
1.Sohaga kirish fanining mazmuni, dolzarbligi.
2. Sohaga kirish fanining predmeti va metodi.
3.To`qimachilik sanoatini rivojlanish tarixi.
“SOHAGA kirish” fani oliy o’quv yurtlarining
birinchi bosqich
talabalariga Respublikamizda yengil sanoat sohasining tutgan o`rni, istiqboli va
rivojlanishi, to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bilan
bog`liq bo`lgan bilim va ko`nikmalarni, yengil sanoatda trikotajning tutgan o`rni va
ahamiyati bilan tanishish imkoniyatlarini o`rgatadi.
Respublikamizda ta`lim sifatini oshirish yo`lida bir qator qonun va qarorlar
qabul qilindi. Bu hujjatlar ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida chuqur islohotlar
asosida davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishini belgilab berdi. Ta’lim jarayoning
mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi.
Bu bosqichning dastlabki
yo’nalishi
“SOHAGA kirish”
o’quv kursini o’rganishdan boshlanadi.
To’g’ri kasb tanlash oilaviy xayotni ham moddiy, ham ma’naviy tomondan
to’g’ri ta’minlashga yordam beradi. To’g’ri kasb tanlash insonning kelajagini
belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir kasb, albatta,
insonning qiziqishi va
qobiliyati nuqtai nazaridan tanlanadi. Agar kasb to’g’ri tanlansa, shu kasbning
yetuk mutaxassisi bo’lib yetishadi. Agar kasb tanlashga yoshlar ota-onalar xohish
istagi bilan o’zi
befarq qaragan holda yondashsa, bunda kelgusi hayotida katta
fojialarga duch kelishi mumkin. Shuning uchun kasb tanlashda ota-ona bilan
maslahat qilishi bilan birga o’zining
qobiliyati, kasbga loyiqligi, moddiy va
ma’naviy jihat xisobga olinishi muhim.
Talabalar kun tartibi oiladagi o`smir va o`spirinlarning
kun tartibidan farq
qiladi. Talabalarning asosiy vaqti o’qish mashg’ulotlariga sarf bo’ladi. Lekin asosiy
maqsad, ana shu o’quv mashg’ulotlarida talabaning faoliyatini oshirish, kun tartibini
to’g’ri tashkil etishdir. Agar talaba bolaligidan oilada, o’z ota-onasi bag’rida kun
tartibiga qat’iy rioya etsa, u talabalik yillarida ham kun tartibini to’g’ri tuza oladi.
Bunda asosan o’qish mashg’ulotlaridan ta’limga e’tibor beriladi. Lekin qolgan bo`sh
vaqtini taqsimlashda san’at, sport, kitobxonlik bilan shug’ullanish, madaniy
xordiq chiqarish (kinoteatrga borish, radio, televideniye eshitish va ko’rish)
bularning barchasi talaba kun tartibidan aniq o’rin olishi muhimdir.
Davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda bugungi kunda shakllanayotgan
yosh avlodning bilimdonligi va tadbirkorligi muhim o’rin tutadi.
“SOHAGA kirish” fanining
asosiy maqsadi
- ta`lim olayotgan barcha talaba
yoshlarni har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lgan,
mustaqil
tafakkur qila oladigan, yoshlar o’rtasida layoqatli, g’oyaviy e’tiqodli,
ijodkor va
intizomda namuna bo’la oladigan barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.
Buning uchun talabalarni sifatli va samarali bilim olishlarini ta’minlash,
o’quv-tarbiya, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar darajasiga ko’tarish, ular
bilan ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq muntazam va astoydil shug’ullanishdan
iborat.
Fanning