Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI



Download 419,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana25.02.2022
Hajmi419,37 Kb.
#461835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

3-bob.
TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH
3.1.
Tijorat banklari kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar….. 56
3.2.
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish 
yo‘nalishlari………………………………………………………
61
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa………………………………………...
67
XULOSA…………………………………………………………
68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………
71

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
Hozirda mamlakatimizda jadal ijtimoiy va
iqtisodiy islohotlar kechmoqda. Har bir sohada jumladan iqtisodiyot va uning
“lokomotivi” bo‘lgan bank tizimi sohasida ham xalqaro andozalarga mos,
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan o‘tgan yangi islohotlarni tadbiq etish
2


birlamchi maqsad qilib belgilangan. 
Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita
bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri
bog‘liqlikda kechadi. Zero, prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi
bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi
ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish
va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va
depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini
mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish
keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib
belgilanganligi ham bejiz emas.
1
 Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish
yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini
yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu
qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta
konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin
ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat
uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning
barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir.
So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan
rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5
baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami. - Toshkent, 2017. - № 6 (766).
3


o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil
sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining
kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan
yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini
qayd etib kelmoqda.
2
Albatta, bundan banklarimizning kreditlash amaliyotining
jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo
bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi
va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish
ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati
bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.
3
Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016
yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya
natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar
ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash
shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali
kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar
bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy
ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi. 

Download 419,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish