104
– sezgirligi – tovushning balandligiga ta’sir ko‘rsatadi, odatda,
100 dB dan kam bo‘lmaydi;
–
qarshiligi;
– maksimal quvvati.
Internet orqali suhbatlashish uchun ovozli kanal dasturini qo‘l-
laganda, tovush kartasiga ulangan turli
xil mikrofonlardan foydala-
niladi. Foydalanuvchilar orasida tarkibiga mikrofon o‘rnatilgan
naushniklar keng qo‘llaniladi (6.8-rasm).
6.3. Tovush platasini o‘rnatish
Tovush platasini o‘rnatishdan oldin, tizimli blokni ochish kerak
bo‘ladi.
Barcha zamonaviy tovush platalari Plug
and Play standartini
qo‘llovchi PCI formatli platalarda ishlab chiqariladi. ISA platalariga
qaraganda zamonaviy PCI platalari apparat resurslarini kamroq talab
etadi, markaziy protsessorga kamroq yuklama bilan ta’sir o‘tkazadi
hamda zamonaviy hajmli tovushning API interfeysini ham qo‘llaydi.
Bu interfeys zamonaviy kompyuter o‘yinlarining barchasida keng
qo‘llaniladi.
Kengaytirish razyomini tanlash.
Agar bir necha razyomlar bo‘sh
bo‘lsa, yangi platani ulardan uzoqroqga joylashtirish lozim.
Bunda
ularning tarafidan kelayotgan xalallar ancha pasayadi,
bu tovush
platasi uchun muhimdir, chunki xalallar yangrayotgan
tovushning
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tanlangan kengaytirish sloti ustida joylashgan orqa metall panel
mahkamlangan vintni burab bo‘shating. O‘rnatish jarayonida plata-
ning metall tayanchi va qirralarini ushlang.
Bunda plataning hech
qaysi tarkibiy qismiga tegmang, chunki statik elektr zaryadlari uning
qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin. Razyomning tilla rang bilan
qoplangan kontaktlariga tegmang. Agar sizda antistatik bilakuzugingiz
bo‘lsa, uni taqib oling.
Tovush kartasining razyomlarini tanlashda ularning tizimga ula-
nishi kerak bo‘ladigan tashqi kabellariga e’tibor
berish lozim, chun ki
ular oldindan tizimga ulangan simlarga halaqit berishlari mumkin.
105
Tovush platasining kabelini boshqa kabellardan chekkada «o‘tka-
zish» imkonini beruvchi razyom eng qulay variant hisoblanadi. Tashqi
interfeys modulli audioadapterni (Sound Blaster Live yoki Audigy)
o‘rnatganda, yassi kabelni audioadapterdagi mos keladigan razyomga
bemalol ulash mumkinligiga amin bo‘ling.
6.9-rasmda kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi ko‘rsatilgan.
Unga optik jamlagichlarga olib boradigan 4 ta simli analog va 2 ta
simli raqamli kabellar hamda platani ichki modul bilan bog‘lovchi
maxsus yassi kabellar ulangan.
Platadagi tovush razyomiga CD-ROM jamlagichining tovush
kabelini ulang. Bu razyom to‘rtta kontaktli bo‘lib, unga to‘g‘ri o‘rnati-
lishi uchun maxsus belgi qo‘yilgan.
Ba’zi bir yangi CD va DVD jamlagichlar ikki razyomga ega
bo‘lgan maxsus raqamli audiokabel bilan jihozlangan. Kabelning bir
uchini jamlagich razyomiga, ikkinchi uchini esa
tovush platasining
CD SPDIF yoki CD Digital Audio razyomiga ulang (6.9-rasm).
6.9-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: