80
sensor ko'nikmalar, aqliy ko'nikmalarga bo'linadi. Ko'nikmalar
muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada
saqlanadi. Ma’lum
vaqt takrorlamaslik ko'nikma darajasining pasayishiga olib
keladi.
Uni qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali
tiklanadi.
Malaka
shaxsning m a’lum kasbga yaroqlilik, tayyorlik dara
-
jasi, shu kasbda ishlay olishi uchun zarur bilim,
ko'nikmalari yig'indisi.
Kasbiy axborotlarning tez ko'payib
borayotgani ilgari
o'zlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi.
Bu yetishmaslikni qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali
to'ldiriladi. Bu jarayon uzluksiz davom etgandagina malaka ortib
borishi orqali kasbiy faoliyatni hozirgi talablar darajasida
davom ettirish imkoniyati hosil bo'ladi.
Maqsadni
belgilash
didaktik vazifalarni aniklash, ukuv natijalarini shakllantirish. Bu
pedagogik faoliyatni asosiy omili bulib, ta’lim
beruvchi va
ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati xarakatini umumiy
natijaga yunaltiradi.
Nazorat
doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv. Ta’lim
oluvchilarni
bilim,
ko`nikma,
malakalarini
(BMK)
aniqlash,o`lchash va baxolashni anglatadi.
Joriy nazorat
O`qituvchi tomonidan har kungi ishda, asosan dars jarayonida
amalga
oshiriladi
Oraliq nazorat
Dastur mavzusi, bulimlari uzlashtirilgandan sung amalga
oshiriladi.
Yakuniy nazorat
O`quv yili yarmida yoki yil oxirida amalga oshiriladi.
Frontal
tekshiruv
O`zlashtirish lozim bo`lgan (qoida, jadval, yilnomalar) ko`p
bo`lmagan materialni tekshirish uchun qo`llaniladi.
Og`zaki
tekshirish
nazoratning eng uzgaruvchan usuli bulib, ta’lim berishning
barcha boskichlarida kullaniladi va talabalar bilan alokani onson
ushlab
turishga, ularning fikr va xarakatlarini kuzatishga,
javoblarini tugrilashga yordam beradi.
Yozma nazorat
(diktant, bayon yozish, savollarga yozma javob berish va yozma
nazorat ishlari)
- vaqt bo`yicha tejamli bo`lib, butun guruxni va
har bir talabani ta’lim olishga tayyorligini bir vaqtda aniqlash
imkonini berib, topshiriqni individual bajarish xususiyati bilan
ajralib turadi, biroq topshiriqni tekshirishga ko`p
vaqtni talab
qiladi.
Metod
grekcha so'z bo'lib, yo'l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi.
Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.
Faoliyat, harakatning yo'li, usuli yoki qiyofasi, shakli.
ko'rinishi.
81
Ta’lim metodi
o'qituvchining ta`lim oluvchilar bilan muntazam qo'llaydigan,
ta`lim oluvchilarga o'z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini
rivojlantirish, bilim va ko'nikmalarni egallash hamda ulardan
amalda foydalanish
imkonini beruvchi ish usuli
Do'stlaringiz bilan baham: