59
3. Metallga ishlov berish texnologiyasi.
4. Elektrotexnika ishlari.
5. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
Servis xizmati yo‘nalishi
1. Pazandachilik asoslari.
2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.
3. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
(8-9) sinflarda
Texnologiya va dizayn yo‘nalishi
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Elektronika asoslari.
3. Kasb tanlashga yo‘naltirish.
Servis xizmati yo‘nalishi
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
3. Kasb tanlashga yo‘naltirish.
Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9 sinflarda “Texnologiya” o‘quv
fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.
Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni
texnologiya ta’limi
tayyorgarligi, kasblar bo‘yicha tayyorgarlik va kasbgacha
maxsus tayyorgarlik qismlariga bo‘linadi. Bu qismlar har bir dars va
mashg‘ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilar va
uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga
olingan holda tahlil
qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarining aniq maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘lishini ta‘minlaydi. Texnologiya ta’limining yo‘nalishlari maktab atrofidagi
karxona, tashkilot va kasb-hunar kolledjlarida keng tarqalgan sohalar,
kasblarga
muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko‘ra har bir maktabda texnologiya ta’limining
quyidagi yo‘nalishlari asos qilib olinishi mumkin:
-
yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi
60
-
metalga ishlov berish texnologiyasi
-
polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi
-
elektrotexnika
ishlari
-
gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
-
ro‘zg‘orshunoslik asoslari
-
pazandachilik asoslari
-
xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
5-7 sinflarda ushbu yo‘nalishlardan ayrimlari tanlanadi va 8-9 sinflarda shu
tanlangan yo‘nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish
asoslari va kasbga
yo‘naltirish kursi o‘qitiladi. Ushbu yo‘nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi
bulimlar bo‘yicha o‘zaro uyg‘unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish
ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Texnologiya ta’limi darslarida o‘quvchilarda kasblar turlariga oid bilim,
ko‘nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi
imkoniyat va ehtiejlarni
hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi. O‘quvchilarning
texnologiya ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy
vazifalarni hal qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: