“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
94
UMUMIY O’RTATA’LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHI QIZLAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH
MASALALARI
Kurbonov.K.X.,
o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
O’quvhi qizlarimiz bugun mamlakatimizning siyosiy-ijtimoy, iqtisodiy hayotidagi yangilanish
jarayonlarida faol ishtirok etmoqda , oila va jamiyat ravnaqiga dahldorlik hissi bilan yashamoqda. Bu
davlatimiz rahbari rahnomoligida o’quvchi qizlarimizning huquq va manfaatalarini har tomonlama himoya
qilish yo’lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarning yorqin samarasidir.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 2004 – yil 25 - mayda qabul qilingan “O’zbekiston o’quvchi
qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoni
asosida Andijon viloyatida ayollarga o’z salohiyatini namoyon etishi uchun shart-sharoitlarni yaratib berish
bilan birga onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Sog’lom turmush ,
navqironlik va go’zallik sport bilan shug’ullanishni taqazo etadi. Buguno’quvchi qizlarimiz mana shu
haqiqatni- sportning jisminiy va ruhiy barkamollikda muhim o’rin tutushini tobora teran anglab yetmoqdalar.
Buni spotrchi o’quvchiqizlarimiz safi kengayib borayotganida ham ko’rish mumkin.
Erishilayotgan yutuqlar qatorida hal qilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar ham anchagina.
Muammolarni keltirib chiqargan omillarni atroflicha o’rgangan holda , oila institutini mustahkamlash ,
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish , ayollarning huquqiy madaniyati va ma’naviyati yanada yuksaltirish
choralari ko’rilishi lozim. O’quv muassasalarida bu ishlarni yanada jonlantirish , mahallalar hamda tegishli
tashkilot va muassasalar hamkorligida o’quvchiqizlar sportini rivojlantirish masalalari ham doimiy e’tiborda
bo’lishi kerak.
Malumki , salomatlikni asrash va mustahkamlashning eng yaxshi yo’li - sport bilan shug’ullanishdir.
O’zbekistonda bu masalaga katta e’tbor qaratilmoqda . Prizidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o’sib
kelayotgan yosh avlodni sportga ommaviy jalb qilish bo’yicha uch pog’onali tizim yaratildi. Nafaqat
poytaxtimiz , balki chekka tumanlarda ham eng zamonaviy sport majmualari barpo etish , ulatda kattalar ham
bolalar ham spotr bilan shug’ullanishi mumkin. Barcha o’quv yurtlari yaxshi jihozlangan sportlari va
inshootlariga ega.
Ayniqsa, ayollar bo’lgusi onalar – qizlarimizning jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam
shug’ullashi nihoyarda ahamiyatlidir. Bu O’zbekiston o’quvchi qizlar qo’mitasi faoliyatining muhim
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi .
Barcha viloyatlarda badiiy gimnastika , stol tennisi va badminton seksiyalari faoliyati e’tibordan chetda
qolmasligi kerak .O’quvchi qizlarlarimizning O’zbekiston Olimpiya harakatida ishtirok etish imkoniyatini
kengaytirish maqsadida Milliy olimpiya qo’mitasi huzuridagi “Ayol va spotr “ komissiyasi tashkil etilgan
bo’lib , xalqaro , respublika shuningdek , viloyat va tumanlardagi ko’plab musobaqalar aynan xotin- qizlar
uchun tashkil etilmoqda . Bu sohada amalga oshirilgan ishlar o’z natijasini bermoqda . Hozirda
mamlakatimizning shahar va qishloqlarida yashayotgan xotin- qizlarning jismoniy tarbiya hamda sport bilan
shug’ullanmoqdalar. So’nggi yillarda o’quvchi qizlar qo’mitasi .
Madaniyat va sport ishlati vazirligi, O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi bilan
hamkorlikdao’quvchi qizlar sportiga yanada kengroq jalb qilish muammolariga bag’ishlangan tadbirlar
o’tkazilib kelinmoqda .
Har yili turli musobaqalarda 1,2 million nafardan ortiq o’quvchiqizlarimiz qatnashmoqda. Bundan
tashqari o’tgan yili maktab, kollej va litsey o’quvchilarining sport olimpiadasi , turli tashkilotlardagi xizmatchi
o’quvchi qizlarning “sport- salomatlik garovi” , oila o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “ sport – sog’lom
turmush tarsi” kabi musobaqalari va sport marafoni o’tkazildi.
Joylarda , birinchi navbatda , qishloqlarda qizlarni sport bilan shug’ullanishiga jalb qilish masalasi
sinchkovlik bilan o’rganib chiqilishi zarur. Chunki , bu ularni jismoniy va ma’naviy tarbiyalash
yo’nalishlaridan biridir. Qishloqlarda badiiy va sport gimnastikasi kabi zamonaviy sport turlarini yanada
rivojlantirish zarur. Bunda kam ta’minlangan oilalar qizlarning sport bilan shug’ullanishi uchun kerakli sport
kiyimi va jihozlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi muhimdir.Bundan tashqari , vazirlik na
idoralarda mehnat qilayotgano’quvchi qizlar sport gimnastikasi , milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar
rejalashtirilgan tadbirlar qatoriga kiradi.
Xulosa qilib aytganda , mamalakatimizda sog’lom turmush tarzini shakillantirish va targ’ib qilish , turli
xastaliklarning oldini olish, o’quvchi qizlar salomatligini mustahkamlash , sog’lom avlodni tarbiyalash
borasidagi keng ko’lamli ishlar barcha yo’nalishlarda kopleks ravishda barcha mutasaddi tashkilotlarning faol
ishtirokida amalga oshirilmoqda. Bu esa , davlatimiz rahbari mamlakatimiz aholisi , birinchi navbatta,
o’quvchi qizlar va bolalar salomatligini yaxshilash borasida doimiy g’amxo’rlikning samarasidir. Chunki,
vatanimiz kelajagi ana shunday sog’lomo’quvchi qizlar, onalar va bolalarga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |