13
To‘pni pastdan tashlash uni past traektoriyali qilib (asosan erda dumalatib) tashlashda
ishlatiladi.
Dastlabki holatda bir qadam tashlangan holda oyoqlar anchagina bukilib turadi (63-rasm).
Panjasi to‘pni tagidan tutib turgan qo‘l quyi tushiriladi. Keyin darvozabon qo‘lini orqaga tortib,
tanasi og‘irligini oldindagi oyog‘iga o‘tkazadi. To‘p tutgan qo‘l erga parallel tarzda olg‘a tomon
keskin harakat qiladi. Gavda ozgina engashadi.
Shu tarzda eng
oxirti holatda tup qo‘ldan tushib,
mo‘ljal tomon otilib ketadi.
To‘pni ikki qo‘llab tashlash
ko‘pincha yuqoridan, bosh ortidan boshlab bajariladi. Bundagi
harakatlar ko‘p jihatdan yon chiziq nariyog‘idan to‘p tashlashdagi harakatlarga o‘xshash, shuni
qayd etish lozimki, qoidaning to‘p tashlash paytida ikki oyoqqa tayanib turish haqidagi talabi
darvozabonning to‘p tashlashiga aloqador emas. To‘pni joyda turib, qadam qo‘yib tashlayversa
bo‘ladi. Yurib yoki yugurib borib to‘p tashlab berish qoidada qat’iy chegaralangan bo‘ladi.
ІІ. Darvozabonning taktik tayyorgarligi.
Hozirgi futbol darvozabondan ustalik bilan darvozani himoya qilishnigina emas, balki
jarima maydoni ichida faol harakat qilishni, shuningdek xamma himoyachilarni boshqarib turishni
x.am talab qiladi. U jamoasining hamma mudofaa harakatlarini muvofiqlashtirib turadi.
Darvozabon turadigan (hammadan orqadagi) joyning o‘zi unga hujumchilar qanday tizilib
kelayotgani va ular nima maqsadda ekanini ko‘rib turish imkonini beradi. Vaholanki, bu narsa
ba’zida maydonning ayrim joylaridagi o‘yinchilar nazaridan chetda qoladi. Shuning uchun
mudofaadagi sheriklariga vaqtida «shipshitib qo‘yish» himoya harakatlarining mustahkamligiga
muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buning ustiga, darvozabon o‘z jamoasining ko‘pgina atakalarini
boshlab beradigan (to‘pni qo‘lga kiritganida yoki darvozadan to‘p tepib berganida) futbolchi,
shuning uchun ham
hujum qatorlarida tashabbus va izchillikning saqlanib turishi ko‘p jihatdan
uning mahoratiga bog‘liq. Jamoaning himoya va hujumdagi umumiy o‘yini darvozabonning
individual taktik tayyorgarligiga anchagina bog‘liq. Darvozabon texnik mahorat va jismoniy
tayyorgarlikdan o‘yinda to‘laroq foydalanishiga uning taktik bilimi yanada ko‘proq ta’sir qiladi.
Ana shuning uchun ham darvozabonlarning taktik tayyorgarlik masalasiga nihoyatda jiddiy e’tibrr
berish kerak. Darvozabon taktikasini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
a) mudofaadagi harakatlar;
b) hujumdagi harakatlar;
v) sheriklar harakatini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: