O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
REFERAT
MAVZU:
FORS TILIDA FE’LNING SHART-ISTAK
MAYLI
Referatda fors tili grammatikasida shart-istak mayli, uning turlari va qo‟llanish
holatlari, Eron va O„zbek tilshunoslarining fors tilidagi shart-istak mayli to„grisidagi
qarashlari tahlil qilingan, ko„plab misollar ko‟rib chiqilgan va bir nechta misollar
keltirib o„tilgan.
BAJARDI: Rahmatov Xudoyor
TOSHKENT - 2014
MAVZU: FORS TILIDA SHART-ISTAK MAYLI
REJA
KIRISH
I. MAYL KATEGORIYASI
1.1
Fors tilida fe‟lning shart-istak mayli:
a) hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli
b) o„tgan zamon shart-istak mayli
II. FORS TILIDA HOZIRGI VA O‘TGAN ZAMON SHART-ISTAK
MAYLINING ISHLATILISH HOLATLARI
2.1
Hozirgi-kelasi zamon shart-istak maylining ishlatilish holatlari
2.1.1 Orzu-istak bildirgan sodda gaplarda
2.1.2 Modal fe‟llar va modal so„zlardan so„ng
2.1.3 Maqsad ergash gapda
2.1.4 To„ldiruvchi ergash gapda
2.1.5 Shart ergash gaplarda
2.2.
O„tgan zamon shart-istak maylining ishlatilish holatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
O„zbekistonda fors tili va adabiyotiga qiziqish ko„p asrlik tarixga ega. Markaziy
Osiyoda so„nggi ming yillik davomida turkiy, fors, arab tillaridagi bir-biri bilan
chambarchas bog„liq mushtarak madaniyat vujudga kelgan. Bizning o„tmish
madaniyatimiz va ma‟naviy merosimizni o„rganishda
fors tilining ahamiyati
beqiyosdir. Chunki o„tmish allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy,
buyuk shoirlar Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliyning bir qator
asarlari fors tilida yozilgan. Shuningdek, ularning turkiy (o„zbek) tilda bitilgan
asarlarida fors-arab tilidan o„zlashgan mushtarak so„zlar anchagina.
Mana shu haqiqatlarni nazarda tutib, yurtboshimiz I. Karimov o„z
nutqlarida
shunday deb ta‟kidlaydilar: “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o„rganish va o„rgatishga
yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. ...Bugun jahon hamjamiyatidan o„ziga
munosib o„rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz
bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o„z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun
xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo„qdir”.
Darhaqiqat, nazariy bilimlarni chuqur egallamasdan turib “xorijiy
tillarni
mukammal bilish”ning imkoni yo„q. Bugungi kunda eron tilshunosligida dolzarb
muammolarni o„rganish bo„yicha salmoqli yutuqlar qo„lga kiritilgan va izlanishlar
davom etmoqda. Fors tilining nazariy masalalari, xususan, grammatika nazariyasi
XX asrning 50-yillarigacha arab grammatikasi ta‟sirida bo„lib, sinkretik holatda edi.
Til bilan adabiyot tadqiqot obyekti sifatida bir-biridan
ajratilmagan holda tadqiq
etilar edi. Bu davrgacha bo„lgan til bo„yicha tadqiqotlar poetikaga bag„ishlangan ilmi
badi‟, ilmi bayon, ilmi ma‟oniy va, shuningdek, izohli lug„atlarning kirish qismida
uchraydi. Fors tili grammatikasi XXI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abulazim
Qariyb,
Malik ush-shuaro Bahor, Badi‟uzzamon Fo„ruzonfar, Jalol Humoiy, Rashid
Yosamiylar birgalikda tuzgan “یطراف نابس رُتطد” va keyinchalik Parviz Notel
Xonlariy, Xayyompur, Hasan Anzaliy,
Husayn Ajamiy, Hasan Anvariy va Hasan
Ahmadi Giviy hamda bir qator boshqa mualliflarning “رُتطد” larida shakllandi.
So„nggi yillarda chop etilgan grammatikalarda, ayniqsa, Hasan Anvariy va Hasan
Ahmadi Giviyning “نابس رُتطد یطراف” asarida Yevropa grammatikasining ta‟siri
seziladi. Bu grammatik asarda til sistemasi yaxlit bir sistema deb qaralib, uning turli
strukturalari va grammatik kategoriyalari fors adabiy tilining hozirgi holatidan kelib
chiqib tahlil qilingan.
Biz bu referatda fors tili grammatikasida shart-istak mayli,
uning turlari va
qo„llanish holatlarini ko„rib chiqdik. Tadqiqotimiz davomida bir nechta misollarni
keltirib o„tdik.