mumkin emas; aynan bir narsa boshqasiga ayni nisbatda ham mos bo’lishi, ham mos
bo’lmasligi mumkin emas, deb tushuntirgan.
Ziddiyatsizlik Iotincha «Zex contradictions» so’zidan olingan. Tafakkuming bu
qonunini predmet va hodisalarga xos bo’lgan tomonlarining o ’xshashligi,
tafovuti va
o’zaro bog’lanishlarining inson ongidagi in’ikosi sifatida baholamoq lozim.
M a’lumki, olamdagi narsalar muayyan xislatlarga ega. Bu xislatlar predmetlar
mavjudligini ifodalaydi. Olam shunday tuzilganki, aynan bir narsaning o ’zi ayni bir
sharoitda, ayni bir vaqtda m a’lum xususiyatga ham ega bo’lish, ham ega bo’lmasligi
(masalan, birir narsa-predm et ayni bir vaqtda, biror nuqtai-nazar doirasida ham «oq»,
ham «qora» bo’lishi) mumkin emas. Mana shu xususiyat
mantiqning ziddiyatsizlik
qonunida o ’z ifodasini topgan. M azkur qonun tafakkurdagi ziddiyatni bartaraf etishga
qaratilgan.
Z id d iyatsizlik q onuniga m uvofiq ayni bir narsa haqida, ayni bir vaqtning
o ’zida, ayni bir nisbatda aytilgan ikki qaram a-q arsh i fik r birdaniga chin b o ’lishi
m um kin em as: ulardan b irin in g chinligi ik k in ch isin in g xatoligini keltirib
chiqaradi.
Masalan:
A-V dir va A-V emasdir, degan ikki fikr bir vaqtning o ’zida
chin bo’lish mumkin emas. M uhokamada ziddiyatlar turli ko’rinishlarda uchrashi
mumkin. Masalan, agar yakka tasdiq m a’nosida «S-R dir» mushohadasi chin bo’lsa,
uning inkori «S-R emasdir» xato hisoblanadi. Shuningdek, fikrdagi ziddiyatlar
umumiy tasdiq va umumiy inkor umumiy tasdiq va ju z ’iy inkor; umumiy inkor va
ju z ’iy tasdik fikrlar orasidagi munosabatlarda kuzatilishi mumkin. Bu ko’rsatilgan
fikrlar o ’zaro qarama-qarshi bo’lib, ulam ing har ikkisi bir vaqtning o ’zida chin
bo’lishi mumkin emas. Bir vaqtning o ’zida, bir nisbatda chin bo’lishi
mumkin
bo’lmagan fikrlar mantiqda quyidagi formulalar yordamida ifodalanadi:
S - R dir va S - R emasdir.
Hech bir S - R em asdir va har bir S - R dir.
Hamma S - R dir va ba’zi S - R emasdir.
Hech bir S - R em asdir va ba’zi S - R dir.
Ziddiyatsizlik qonunining ifodalanishi A va A emas. Ziddiyatsizlik qonuni
uning amal qilishdagi shart-sharoitlarni yaxshi bilish, tahlil qilishni talab etadi.
Mantiq talablarini bilib yoki bilmay turib buzish haqiqatni yashirish, undan qo’rqish,
berkinish, yolg’on fikrlami isbotlashga olib keladi.
Ziddiyatlilik qonuni tafakkuming muhim xususiyati fikr zidligiga yo ’l
qo’ymaslikni talab qiladi. Unga ko’ra bir vaqtning o ’zida bir masala yuzasidan, bir
narsaga nisbatan ikki zid fikming bo’lishi mumkin emas. Lekin turli m a’noda,
turli
vaqt birligida, turli nisbatda bir masalaga nisbatan ikki zid fikming mavjud bo’lishi
mumkin. Ziddiyatsizlik qonuni fikr birligini, vaqt birligini, o b ’ekt birligini,
nisbat
yoki munosabat birligini asosiy shartlar sifatida qo ’yadi hamda biron bir savolga bir
vaqtning o ’zida ham «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berishi mumkin emasligini
nazarda tutadi. Ziddiyatsizlik qonuni faqat fikrlash jarayoniga taalluqli. Xuddi
ayniyat qonunidagi singari bunda ham fikrdagi muqimlik,
barqarorlik nazarda
tutiladi. Shundan kelib chiqqan holda ziddiyatsizlik qonuniga ko’ra aynan bir
predmet haqida qarama-qarshi fikrlami bayon etish mantiqsizlik, deb hisoblanadi.
Ziddiyatsizlik qonuni olamdagi narsa va hodisalarda ro’y berib turadigan uzluksiz
o ’zgarish jarayonini inkor etmaydi. U faqat fikrdagi ziddiyatni inkor etishga
65
qaratilgan.
Fikr ziddiyatini hayot, olam taraqqiyoti ziddiyatidan farqlamoq kerak.
H ayot ziddiyati taraqqiyot manbai bo’lib hisoblanadi. Olamdagi mavjud ziddiyatlar
dialektik ziddiyatlardir. Ziddiyatsizlik qonuni olam ning mohiyatini, xususiyatlari,
m unosabatlari, ularga xos bo’lgan ziddiyatlam i izchil,
tartibli, bir-biriga zid
bo’Imagan fikrlarda bayon etishni talab qiladi. Tafakkum ing ziddiyatsizlik qonuni
borliqni va u haqidagi inson fikrlarini o ’rganishdan kelib chiqqan.
Mantiqiy fikrlash ziddiyatlarsiz fikrlash m a’nosini bildiradi.
Tafakkurdagi ziddiyat ikki ko’rinishda nam oyon b o ’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: