Ishlab chiqaruvchi kuchlar
, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab
chiqarishda band boʻlgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida
inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subʼyektiv
(odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning
tabiatga foal munosabatini
ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy
oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning
tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi
ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish
vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. I.ch. vositalari insonning tabiatga taʼsir
koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan
mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining
eng muhim va takom
illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar,
mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli I.ch.k. oʻzgarishi mehnat
qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. I.ch. binolari, yoʻllar,
kanallar, energetika
tarmogʻi, aloqa vositalari,
quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham
mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi
rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar
koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.
Bu jarayonda fan bevosita I.ch.k. ga aylanadi (19-asr dan boshlab i.ch. bilan fanning
qoʻshilishi dastlab murakkab i.ch. vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr
ning 2-yarmida i.ch.ni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy
qoʻllash va b.).
I.ch.k. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson
ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi.
Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita I.ch.k. ga aylanib bormoqda.
Bularning barchasi pirovard natijada I.ch.k. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy
omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.
Har bir mamlakatda I.ch.k. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona
joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat I.ch.k. ni
rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini
ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy
resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi.
Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari I.ch.k. tushunchasi oʻrniga ishlab
chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.
Inson bilimlari ham ishlab chiqaruvchi kuch bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarish
kuchlari tushunchasi mehnat taqsimotini va hattoki tabiatning ayrim elementlarini,
masalan, aholi sonini ko'paytirishni o'z ichiga oladigan omil va elementlarning juda
xilma-xilligi bilan haqiqatni qamrab oladi. Shuning uchun ishlab chiqarish kuchlari
odamlarning ishlab chiqarish faoliyatiga yordam beradigan barcha omillardan iborat
deb hisoblanadi. Asboblar va mashinalar ishlab chiqarish kuchlari, zavodlar,
transport vositalari va aloqa vositalari, texnika va fan.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarga, shuningdek, mashinalarni yanada intensiv ishlatishga
imkon beradigan yirik fabrikalarda ishlab chiqarishning konsentratsiyasi va ijtimoiy
mehnat taqsimoti kiradi.