Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/88
Sana18.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#457077
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

X
ij




1
0
Ishbilarmonlik bilan ishtirokchilarning boshqa sifatlari ilmiy yondashishi, 
fikrlash doirasi va saviyasi ham hisobga olinadi. 
Guruhlardagi ekspertlar soni so‘rov usuliga bog‘liq. Yuzma-yuz uchrashuv 
uchun 10-15 kishi kifoya. Agar vaqt, mehnat va mablag‘ sarfi cheklanmagan 
bo‘lsa, sirtdan so‘roq o‘tkazganda ekspertlar soni cheklanmagan. 
Ekspertlarni tanlash. Bu ish, odatda, ilmiy-texnik va ma’muriy manfaatlar sohalarini 
aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra bu sohalarga daxldor shaxslar ro‘yxati tuziladi.
Tuzilgan ro‘yxat ekspert uchun nomzodlar tanlashda asos bo‘ladi. 
Ekspertlar guruhini tuzishda ekspertiza muammosini samarali hal qilish 
umumiy talab hisoblanadi. Muammoni hal qilish samaradorligi ekspertiza 
ishonchliligining xarakteristikalari bilan belgilanadi. 
Ekspert baholashning ishonchliligi faqat muammoni amaliy hal qilish va 
uning natijalarini tahlil qilish asosidagina belgilanishi mumkin. U, odatda, faqat 
tajribaga asoslangan ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Ekspertiza muntazam ravishda taxminan bir xil tarkibdagi ekspertlar 
yordamida o‘tkazilsa, ekspertlar guruhi ishining ishonchliligi bo‘yicha statistik 
ma’lumotlarni jamg‘arish hamda ishonchlilikning barqaror raqamli baholarini olish 
imkoni yaratiladi.
 
Ekspertiza turlari analitik yezishma zapiska), aylana stol, 
konferensiya, ekspertlarni chikishi kurinishida buladi..
3. G’oyalarni «kollektiv generatsiyalash» usuli (Akliy xujum) 
Bu usul «g‘oyalar jangi» deb nom olgan. U yuzma-yuz so‘rov usuli bo‘lib 
XX asrning 50-yillarida A.Osborn tomonidan kashf etilgan.U AKSh va 
Yaponiyada keng kullanilgan. Tayerlov boskichida Dastlab 10-15 kishidan iborat 
akllar xujumi guruhi tuziladi. Tayyorgarlik jarayonida ekspertlarga eslatma 
tayyorlanadi va unda muammoli holatlar, markaziy masalalar, muhokama savollari 
va oldindan g‘oyalarni o‘ylab qo‘yish so‘raladi. Akllar xujumini utkazilishining 
asosiy koidalari yuboriladi. 


33 
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun rais saylanadi. U yig‘ilishni ochadi. Ekspertlarga 
nutq uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi ya’ni suz oluvchilar 
kiska kurinishda uz goyalarini ifodalashi lozim. Bu usulda tanqidiy fikrlar ijobiy 
muhokama qilinadi. Tankid kilganlarni yerga urib tashliydiganlarni ishtirokchilar 
safidan chikarib yuboriladi. Seans xakikatda xujum shaklini olishi kerak. Keraksiz 
safsata bulishiga yul kuyilmaydi. 
Muhokama stenogramma qilinadi yeki diktafonga yezib olinadi.. 
Muhokamaga 15- 20 minutdan to 40-45 minut ajratiladi. Albatta yangi goyalar 
boshka paydo bulmaydi. Agar ishtirokchilar kupayib ketsa ular guruxlarga 
ajratiladi. 
Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan 
qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami g‘oyalar tanqid etiladi va g‘oyalar, takliflarning 
so‘nggi ro‘yxati tuziladi. Bu ro‘yxatga samarali va amaliy g‘oyalar kiritiladi. 
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning quyidagi asosiy turlaridan 
foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara, 
kengashish, «akl hujumi» usuli. 
Intervyu olishda texnik xodim ekspert bilan ma’lum dastur asosida erkin 
o‘tkaziladigan suhbat jarayonida beriladigan bahoni aniqlaydi. 
Intervyu-anketa paytida beriladigan savollar birmuncha konkret xarakterga 
ega bo‘ladi, ularning natijasi esa oldindan belgilangan bo‘ladi. Intervyu ekspert 
baholarini yozma tarzda qayd qilib boradi. Bunda ekspert ishtirokida oldindan 
tayyorlangan anketa to‘lg‘azib boriladi. 
Anketalashtirish - bu ekspertning anketa savollariga bergan yozma 
javoblaridir. Teskari aloqali anketalashtirishda ekspertlarni so‘roqlash bir necha 
bosqichlarda amalga oshiriladi va bunda so‘roqning ayrim natijalari ayrim 
ekspertlarning baholari va ularning argumentatsiyalari ham qo‘shilgan holda 
ekspertlarga oldingi bosqichda yetkazilgan bo‘ladi. 
So‘rov turlarining har biri ekspertlar o‘rtasida axborotlar ayriboshlashda va 
ularning mustaqil ijodini tashkil etishda o‘z afzallik va kamchiliklariga ega. 
U yoki bu so‘rov turini tanlashni belgilab beradigan asosiy omillar 
ekspertizaning maqsad va vazifasiga, tahlil qilinadigan muammoning mohiyati va 
murakkabligiga, boshlang‘ich axborotning hajmi to‘liqligi va ishonchliligiga, 
ekspertlarni so‘roqlash mumkin bo‘lgan vaqt va davrga, shuningdek ekspertlar va 
boshqarish guruhi a’zolari soniga, ularning xarakteristikasiga va hokazolarga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Kollektiv ekspertiza ekspertlarning huquq doiralarini hisobga olgan yoki 
olmagan holda o‘tkzilishi mumkin. Birinchi holda ishchi guruhi har bir ekspertdan 
uning prognozlanadigan sohani bilish darajasi haqidagi ma’lumotlarni hamda 
uning fikrlari shakllanishi manbalarini so‘rab chiqadi. Bu ma’lumotlar 
ekspertlarning tayyorgarlik darajasi va ishlab chiqarish tajribasini baholash uchun 
zarurdir. 
Kollektiv ekspert baholash natijasi umumlashtiruvchi hujjat hisoblanib, unda 
prognozlanadigan davr mobaynida tadqiq qilinadigan ob’ektni rivojlantirish 
yo‘llari bayon qilinadi. Ular ichidagi eng oddiy usul – komissiya usulidir. Lekin bu 


34 
usul bir necha nomaqbul hodisalarni bartaraf qila olmaydi. Shuning uchun hiyla 
aniq ekspertiza usullariga zarurat tug‘iladi. 
«O’tkazilgan baho» usuli yoki «akliy hujum» usuli ma’lum darajada 
«komissiyalar» usulining kamchiliklarini bartaraf qiladi. «O’tkazilgan baho» 
usulining mohiyati shundan iboratki, unda ekspertlar ikki guruhga bo‘linadi. 
Birinchi guruh mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi. Ikkinchi guruh 
olingan axborotni o‘rganadi va bu axborotni baholash bosqichi hisoblanadi. 
Bunday mehnat taqsimoti sharoitida fikrlarni erkin bayon qilish va 
intellektual mehnat samaradorligini oshirish uchun real imkoniyatlar yaratiladi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish