2-maruza: Rentgen nurlanishi. Rentgen spektrlari. Mozli qonuni. Bor postulatlari. Frank va Gerts tajribalari



Download 450,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi450,2 Kb.
#456272
1   2
Bog'liq
2 maruza

Mozli qonuni
— nurlanuvchi kim-yoviy 
element
 
rentgen
 
nurlanishi 
spektr
 
chiziqlari chastotasining uning 
tartib
 
raqamiga bogʻliqligini ifodalovchi 
qonun

1913-y. da G. 
Mozlitajriba
 
yoʻli bilan aniqlagan. Mozli qonuniga binoan, 
elementning biror spektr seriyasiga tegishli rentgen nurlanishi chizigʻi chastotasi v 
ning 
kvadrat
 
ildiz
 
ostidagi qiymati uning 
atom
 tartib rakami Z ga proporsionaldir: = 
(aZ-a), bunda R — Ridberg doimiysi, a — Z oʻsishi bilan suyet oʻsuvchi ekranlash 
doimiysi, a — energetik oʻtish sodir boʻluvchi qobiqlardagi 
kvant
 
sonlarshga 
bogʻliqboʻlgan oʻzgarmas kattalik. Mozli qonuni elementlarning 
Mendeleyev
 d
avriy 
sistemasiae. toʻgʻri joylashganligini isbotlovchi qonun hisoblanadi. Bu qonun 
atomlarning kimyoviy xususiyatini 
atom ogʻirligi
 
boʻyicha emas, balki atom 
yadrosining zaryadini belgilovchi atom tartib raqami bilan aniqlanishini koʻrsatdi. 
Mumtoz fizika qonunlari o’z mohiyatiga ko’ra, uzluksiz jarayonlarni 
ifodalashga qodirdir. Kimyoviy elementlar atomlari nurlanish spektridagi spektral 
chiziqlarning xarakteri atom ichidagi jarayonlar uzlukli ekanligini ko’rsatadi. Buni 
birinchi bo’lib Nils Bor tushundi va mumtoz fizika qonunlarini atom ichkarisidagi 
jarayonlarga tadbiq qilib bo’lmasligini ko’rsatdi.
Rezerfordning atom tuzilishi planetar modeli to’g’ri hisoblansada, lekin 
atomning energiya nurlashi jarayonini, atomlarning turg’unligini tushuntirishda 
qiyinchiliklarga duch keldi. 1913 yilda Rezerfordning atom tuzilishi modeli 
daniyalik fizik Nils Bor tomonidan mukammallashtirildi va bu qiyinchiliklar 
bartaraf qilindi
Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin mumtoz fizika tushuntira 
olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o’zining vodorod atomi 
tuzilishi modelini taklif qildi. Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi 
muvaffaqiyatli modeli bo’lib, atom tuzilishi to’g’risidagi tasavvurlarning 
rivojlanishida muhim o’rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga 
kelishida ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Atom nurlanishi spektridagi 
qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. 
Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli quyidagi postulatlarga 
asoslanadi. 
1.
Atom uzoq vaqt stasionar (turg’un) holatlarda bo’la oladi. Stasionar holatlarda 
atom energiyasi qiymatlari 
E
1,
E
2,
E
3,...,
En 
diskret qatorni tashkil qiladi. 
Atomning stasionar holatlariga stasionar orbitalar mos keladi. Elektronlar 
stasionar orbitalar bo’ylab Kulon kuchi ta’sirida va Nyuton qonunlari asosida 
aylanma harakat qiladi. 
2.
2. Atomda bo’lishi mumkin bo’lgan stasionar orbitalardan elektronning 
impuls momenti 
𝐿 = 𝑚𝑣𝑟 = 𝑛ℎ


n=1, 2, 3,… 
shartni qanoatlantiradigan stasionar orbitalargina mavjud bo’ladi. Bunday orbitalar 
ijozat etilgan stasionar orbitalar deiladi. Atomdagi stasionar orbitalar kvantlangan 
bo’lib, diskret energetik sathlarni hosil qiladi. 
3.
3. Elektronlar ijozat etilgan stasionar orbitalarda harakatlanishida atom 
energiya chiqarmaydi (nurlamaydi) ham yutmaydi ham. 
4.
Atom energiyasi 
Ei 
bo’lgan stasionar holatdan energiyasi 
Ef 
bo’lgan ikkinchi 
stasionar holatga o’tganda atom energiya chiqaradi (nurlaydi) yoki yutadi. 
Chiqarilgan energiya (
Ei
>
Ef
) har ikki stasionar holatlar energiyalari farqiga 
teng bo’ladi, ya’ni: 
ℎ𝜈 = 𝐸
𝑖
− 𝐸
𝑓
Demak, atomda elektronlar ixtiyoriy qiymatdagi energiyaga ega bo’lmasdan, balki 
energiyaning aniq qiymatlarigagina ega bo’ladi, bu energiyalar qiymatlari diskret 
spektrni hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan postulatlar asosida vodorod atomining 
birinchi muvaffaqiyatli modeli tuzildi. Bu modelda hisoblashlar doiraviy orbitalar 
uchun bajariladi. 
Bor modeli atom stasionar holatda nima uchun energiya nurlamasligini 
tushuntira olmaydi. Bundan tashqari elektron yadro atrofida doiraviy orbita bo’ylab 
harakatlanishini tajribada ko’rsatish mumkin emas. Shuning uchun Bor modelining 
tadbig’ida ma’lum cheklashlar mavjud. Keinchalik spektroskopiyada qilinayotgan 
yangi kashfiyotlarga Bor modeli javob bera olmadi. Bu hol yangi fizikaviy 
nazariyani ishlab chiqishni talab qilar edi. Bor modeli o’rniga hozirgi vaqtda 
Gezenberg, Shredinger, Diraklar tomonidan yaratilgan atom tuzilishining kvant 
mexanik modeli kelgan bo’lsada, Bor modeli stasionar holatlar tushunchalarining 
kiritilishida ko’rgazmali model sifatida foydalanildi. Bor modelini keingi o’n yilda 
Zommerfeld, Vilson va boshqalar to’ldirdilar, aniqliklar kiritdilar. Atomda diskret 
energetik sathlarning mavjudligi 1914 yilda Frank va Gers tomonidan simob 
atomlari bilan o’tkazilgan tajribada tasdiqlandi. 
Frank va Gerts tajribalari. 
atom ichki energiyasining diskretligini isbotlovchi 
tajriba. Birinchi boʻlib 1913 yilda J. Frank va G. Gers oʻtkazgan. Simob bugʻi’ bilan 
toʻldirilgan elektrovakuum nayning K katodi va S, toʻriga elektronlarni tezlatuvchi 
kuchlanish, S2 toʻr va A anodga esa sekinlashtiruvchi U kuchlanish berilgan va tok 
kuchi / ning U ga bogʻlanishi olingan. I sohada tezlashgan elektronlar II sohada 
simob atomlariga uriladi. Elektronlarning toʻqnashishdan keyingi energiyasi III 
sohadagi sekinlashtiruvchi kuchlanishni yengib oʻtishga yetarli boʻlsa, ular anodga 
yetib boradi. Demak anod toki / elektronlarning urilishda energiya yoʻqotishiga 
bogʻliq. Tajriba elektronning energiyasi Ye<4,9 eV boʻlganda ularning simob 
atomlari bilan toʻqnashishi elastik boʻlishini (energiya yoʻqotmaydi), Ye>4,9 eV 
boʻlganda esa toʻqnashish noelastik boʻlib, har toʻqnashishda elektron simob 


atomiga 4,9 eV energiyasini berishini koʻrsatadi. Bu atomning ichki energiyasi 
uzluksiz oʻzgarmay, sakrab oʻzgarishini isbotlaydi. 
Frank va Gerts tajribasi animatsiyasi


Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish