23
ulgurmaslikka yoki bo’lmasa talabalarning o’quv materialini to’liq hazm qilib
ololmasliklariga olib kelishi mumkin. Darsda videomaterial namoyish
qilinayotganda u dars hajmining uchdan bir qismidan ko’p vaqtni olmasligi kerak.
Videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning sezgi
organlari tinglayotgan
talabalarnikidan ko’ra faolroq va ko’proq ishlaydi. Tinglayotgan talabalar faqat
eshitish organini ishga solsa, videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning
ham eshitish, xam ko’rish organlari ishlayotgan bo’ladi
va bu ularning tez
toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari videomaterial namoyish qilingandan
so’ng o’qituvchi qisqacha shu materialning ochilmagan tomonlarini sharxlab
berishi, xulosalashi va zarur bo’lib qolganda bu to’g’risida auditoriyada munozara
o’tkazishi kerak. Chunki, videomaterialning barcha fragmentlari talabalarga
tushunarli bo’lmasligi, undagi ma’lumotlar talabalar uchun tanish bo’lmasligi
yoki bo’lmasa qo’shimchalar kiritilishi kerak bo’lishi mumkin. Buning yana bir
tomoni o’qituvchi videomaterialni namoyish qilishga ko’p
vaqt sarflab didaktik
vositalardan foydalanish me’yoridan oshib ketsa, bugungi darsda qo’yilgan
maqsadga erisha olmasligi, o’quv materialini to’liq bera olmasligi mumkin.
Videomaterial namoyish qilingandan so’ng shu mavzuga doir savol-javob
o’tkazish, unga doir misol-masala ishlash yoki bo’lmasa topshiriq berish o’quv
materialini to’liq o’zlashtirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, zamonaviy loyixalashning asosiy tamoyillaridan yana biri didaktik
vositalar majmuasini loyixalayotganda vositalardan
foydalanishning xajmiy
me’yorini inobatga olishdir.
O’quv jarayonida didaktik vositalarni tanlaganda va ularning majmuasini
loyihalayotganda yana quyidagilarga ham e’tibor berish kerak. Majmuani tashkil
etuvchi didaktik vositalarni auditoriyada shunday joylashtirish kerak-ki, ular
o’qituvchi yoki talabalarga xalal bermasligi, foydalanish uchun qulay bo’lishi va
auditoriyada ko’p joyni egallamasligi kerak. Jixozlar
va didaktik vositalar
majmuasi barcha talabalarga ko’rinadigan joyga quyilishi, laboratoriya stollari va
o’tish yo’laklari orasidagi masofa 1-1,5 m bo’lishi, ish joyiga yoki stolga tabiiy
yorug’lik chap tomondan, sun’iy yorug’lik yuqoridan tushishi kabi talablarga javob
24
berishi kerak. Majmua loyixalanayotganda sanitariya normalari xisobga olinishi
ham maqsadga muvofiqdir. Demak didaktik vositalar majmuasini loyixalayotganda
vositalarni joylashtirish yoki komponovkalashga ham e’tibor berish kerak. Bu qayd
etib
utilgan
tamoyillar
zamonaviy
loyixalashda
qo’llaniladiganlarining
asosiylaridan hisoblanadi. Umuman olganda
zamonaviy loyixalashda aniq
reglametga yozib quyilgan tamoyillarga rioya qilish talab qilinmaydi. Asosiysi
loyixalanayotgan majmua yaxshi samara berishi kerak. Bundan kelib chikadi-ki,
har bir o’qituvchi o’z tajribasi, ijodiy qobilyati va sharoitiga qarab yuqorida
keltirilgan tamoyillarga tayanib didaktik vositalar majmuasini loyixalashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: