SUYUQ KRISTALLAR
- qattiq kristall va suyuqlik oralig‘idagi tuzilish
xossalariga ega bo‘lgan ba’zi moddalarning turg‘un holatlari.
TAQIQLANGAN ZONA
- hayoliy kristalldagi elektron ega bo‘lishi
mumkin bo‘lmagan energiya qiymatlari sohasi.
TASHQI FOTOEFFEKT
- elektronlarning nurlanayotgan moddadan tashqariga
chiqishidan iborat bo‘lgan fotoeffekt.
TEMPERATURA
- termodinamik tizimning muvozanat holatini tavsiflovchi
hamda tizimni tashkil qilgan zarralarning tartibsiz harakati o‘rtacha kinetik
energiyasiga mutanosib fizikaviy kattalik.
TENZOELEKTRIK YARIMO‘TKAZGICH ASBOB
– mexanik qayishishlarni
elektr kattaliklarga aylantirish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgich asbob.
TENZOREZISTIV EFFEKT
- mexanikaviy qayishish ta’sirida yarimo‘tkazgich
elektr qarshiligining o‘zgarishi.
TERMOELEKTRIK HODISALAR
- temperatura gradienti mavjudligida
metallar va yarimo‘tkagichlarda yuzaga keluvchi elektrik hodisalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |