RUXSAT ETILGAN ZONA - atomlar kristallni tashkil etganda yakka
atomlarning bir yoki bir necha energiyaviy sathlari parchalanishi natijasida hosil
bo‘lgan energiyaviy zona yoki bir necha ustma-ust tushgan energiyaviy zonalar
to‘plami.
SAMARADOR MASSA - kvazizarraning dinamik xossalarini
tavsiflovchi, massa o‘lchamligidagi kattalik.
SAMARADOR KESIM - ikki to‘qnashuvchi zarraning o‘zaro ta’sirida muayyan
yakuniy holatning yuzaga kelish ehtimolligini ifodalovchi kattalik.
SAMARADOR ZARYAD - tutash muhitlar elektrodinamikasida ekranlangan
zaryad monandi.
S П о м
45
SATH KENGLIGI - kvant tizimining muayyan sathdagi eng kata yashash vaqti
bilan bog‘langan diskret energiya sathidagi energiya noaniqligi.