MIKROELEKTRONIKA
- elektron qurilmalarni mikro (mitti) yig‘ma
ko‘rinishda yaratish muammolarini qamrab oladigan elektronika sohasi.
MODDA
- zamonaviy fizika tassavurlariga ko‘ra, kvarklar va leptonlar kabi asosiy
zarralardan tashkil topgan materiya turi.
MOLEKULA
-
lot.moles – massa
- muayyan moddaning, kimyoviy xossalarini
saqlagan eng kichik turg‘un zarrasi.
MONOKRISTALLAR
- yagona kristall panjaraga ega bo‘lgan yakka kristalllar.
MONOKRISTALL
- o‘zining butun hajmida yagona kristall panjaraga ega
bo‘lgan kristall.
MURAKKAB YARIMO‘TKAZGICH
- asosiy tarkibi ikki yoki undan ortiq
kimyoviy elementlar atomlaridan tashkil topgan yarimo‘tkazgich.
MUVOZANAT
- fizikaviy tizimning o‘zgarmas tashqi ta’sirlarda istalgancha
uzoq muddat bo‘la oladigan holati.
MUVOZANATLI JARAYON
- barcha oraliq holatlari muvozanatli bo‘lgan
jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |