KRISTALLAR SPEKTRI
- kristall holatdagi modda bilan yorug‘ likning o‘zaro
ta’sirida yuzaga keluvchi va to‘lqin uzunliklarining optic diapazonida joylashgan
yutish, qaytish, lyuminessensiya, fotoo‘tkazuvchanlik va yorug‘likning
kombinatsiyaviy sochilishi spektrlari.
KRISTALLAR SPEKTROSKOPIYASI
- kristallarning xossalari va tuzilishi
haqidagi ma’lumotlar olish uchun ularning turli xil optik spektrlari o‘rganiladigan
spektroskopiya bo‘limi.
KRISTALLARDAGI NUQSONLAR
- kristall tuzilishidagi nuqsonlar,kristall
panjara tugunlarida zarralar (atomlar, molekulalar, ionlar) qat’iy davriy
joylashishining buzilishi.
KRISTALLAR
- tashkil qiluvchi zarralari tartiblangan, davriy joylashgan qattiq
moddalar.
KRISTALLITLAR
- aniq qirralarga ega bo‘lmagan mayda kristallar.
KRISTALLOGRAFIK INDEKSLAR
- fazoda kristall yoqlarining va atom
tekisliklarining joylashuvini (Miller indekslari), shuningdek, kristallografik
o‘qlarga nisbatan kristall qirralarining yo‘nalishini (Veys indekslari) aniqlovchi
uchta butun son.
Do'stlaringiz bilan baham: |