O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Xorazm viloyati pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti
“Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi
ONA TILI VA ADABIYOT FANLARIDAN
BO`SHLIQLARNI TO`LDIRISH BO`YICHA
TAVSIYALAR
Urganch – 2014 y.
2013-2014 o`quv yilining yakunida o`tkazilgan ta’lim sifati monitoringi
natijalariga ko`ra o`quvchilarning bilimlarida aniqlangan bo`shliqlar
yuzasidan Xorazm
viloyati xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim sifati samaradorligiga erishish maqsadida fanlar va
sinflar kesimida metodik xat, tavsiya va dars ishlanmalari ishlab chiqish va joylarga yetkazish
chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Ushbu belgilangan rejaning ijrosini amalga oshirish uchun
VPKQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasida ona tili va adabiyot fanidan metodik tavsiya
sifatida dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
Monitoring natijasida ona tili va adabiyot fanidan quyidagi mavzularni
o`zlashtirishda bo`shliqlar mavjudligi aniqlangan:
Ona tili fanidan 5 –sinf o`quvchilarida qiyinchilik tug`dirgan mavzular “Nutq
tovushlarining ma’no farqlash vazifasi”, ”Talaffuz va imlo me’yorlari”, ”Urg`u va uning turlari”,
“So`zlarning shakl va munosabatiga ko`ra turlari”, “So`roq gaplarning hosil qilinishi” kabi
mavzular bo`ldi.5- sinf o`quvchilaridan nazorat ishlari o`tkazish jarayonida yuqoridagi mavzular
bo`yicha berilgan savollarga ko`pchilik o`quvchilari to`g`ri javob bera olmaganligi
aniqlandi.Diktant olinganda o`quvchilar ko`proq tutuq belgisining qo`llanilishida , “h” va “x”
undoshlarini farqlashda, so`zlarni bo`g`inga ko`chirishda, tinish belgilarni qo`llashda xatoga yo`l
qo`yganliklari aniqlandi. Ba’zi bir o`quvchilar diktant uchun maxsus topshiriqlarni,
ya’ni so`zlarni fonetik, so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilishda ham xatoga yo`l qo`yishgan.
9- sinf o`quvchilari ona tili fanidan “Qo`shma gap turlari” mavzusini o`zlashtirishda ,
ayniqsa , ergashgan qo`shma gap turlarini farqlashda xatolikka yo`l qo`yganliklari
aniqlandi.O`quvchilar qo`shma gaplarni hosil qilishda bog`lovchilarning qaysi turidan
foydalanganini , ularni ma’nodoshi bilan almashtirganda qo`shma gapning qaysi turi hosil
qilinishini, ularda tinish belgilarining qo`llanilishi bo`yicha yetarli bilimga ega emasliklari
aniqlandi.Ayniqsa , zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning qaysi qismida qo`llanilishi va tinish
belgilarning ishlatilishida xatolikka yo`l qo`yilgan.
9- sinflarda adabiyot fanidan o`quvchilar g`azalda qo`llangan she’riy san’atlarni topishda
qiyinchiliklari, mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlari nomi, uning hajmi, asar mazmuni
va mavzusi qanday ekanligini bilmasliklari aniqlandi. “O`tkan kunlar”, “Kecha va kunduz”,
“Qutlug` qon” romanlari qahramonlarini ajratishda qiynalganlar.Monitoring jarayonida
o`quvchilar “Asrga tatigulik kun ” asarining mazmuniga oid savolga javob berishda
qiynalganlar.
Ta’kidlash joizki, har bir fanda murakkab mavzular mavjud bo`ladi.Ana shu murakkab
mavzularni o`tishning o`ziga xos usullari bilan foydalangan holda dars o`tilganda ,
o`quvchilarning o`zlashtirilishi kafolatlanadi.Demak, bu mavzularni o`qitishning tegishli
texnologiyalarini qidirib topish zaruriyati tug`ildi.
Davr talabi xorijiy texnologiyalarni o`rganish, tajribadan o`tkazish orqali bu
texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish, yangi samarador texnologiyalarni joriy etish,
talabga
javob bermaydigan usullardan voz kechish, buning uchun jahon va milliy
tajribadan kelib chiqib, o`qitishning o`ziga xos texnologiyalarini yaratish va amaliyotda
qo`llash imkonini bermoqda.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda a
niqlangan bo`shliqlar yuzasidan Xorazm
VPKQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasida ona tili va adabiyot fanidan metodik tavsiya
sifatida dars ishlanmalari ishlab chiqildi.I
shlab chiqilgan dars ishlanmalari hamda
foydalanish uchun adabiyotlar ro`yxati tavsiya sifatida havola qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |