III bo‘lim
ORTOPEDIYA
1-mavzu. Hayvon tuyog‘ining tuzilishi va ularda
uchraydigan kasalliklar
Turli xil hayvonlarda normal tuyoq lavsifi, tuyoq mexanizmi.
Hayvonlar yurib juda muhim va xilma xil ishlarni bajaradi, shuning
uchun ularda ko‘pincha tuyoq kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklar
hayvonlarni ishlata bilmaslik yoki haddan tashqari qattiq ishlatish,
ba’zida turli mexanik (travmalar), fizik (kuyish), kimyoviy va bosh-
qa sabablarning ta’siridan paydo bo‘ladi. Bunda oyoq muskullari,
suyak-bog‘lam yoki paylar jarohatlanadi. Ayrim vaqtlarda har
ikkala apparat – muskul hamda suyak-paylar birdaniga kasallanadi.
Bundan tashqari, kasallik jarayoni asab tizimiga ham ta’sir qiladi,
natijada hayvonning ish faoliyati buzilib, ularda oqsoqlanish paydo
bo‘ladi. Oyoqni oldinga ko‘tarib tashlash yoki uning havoda
ko‘tarilib turishi muskul to‘qimalari yordamida oyoqni yerga
qo‘yish, bosish esa suyak-bog‘lam va paylar yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |