Jarrohlik stollari.
Veterinariya amaliyotida yirik hayvonlarni
fiksatsiya qilish uchun, albatta, dastgoh (stanok) zarur. Hozirda
Kitayev va Vinogradovlarning qismlarga ajraladigan va turlicha
o‘zgaradigan dastgohlari keng qo‘llanilmoqda. Ular qulay va
oddiy, parallel bruslar tipidan, lekin Vinogradov dastgohi universal
hisoblanadi.
Jarrohlik stollarining
bir necha turlari mavjud. I. Shemaytis va
A. Yurevigus stoli ham keng tarqalgan. Uning poydevori metalldan
yasalgan bo‘lib, elektromotor va harakatchan qopqoq bilan jihoz-
langan, bu stolni gorizontal va vertikal vaziyatlarga keltirish mumkin.
Sapojnikovning operatsiya stoli
tuzilishi jihatidan eng oddiy
hisoblanadi. Ikki taraflama qo‘shaloq chorcho‘p va taxtali tom
sahnidan tuzilgan bo‘lib, ikki ilgak orqali aylanishga moslashgan.
Operatsiya stolining chorcho‘pi va sahni bir-biriga ilmoq orqali,
yon tomonlar ham halqalar bilan biriktirilgan.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |